O ' z be k is to n respublik asi oliy va o'rta m a X s u s ta lim V azir lig I a d h a m vaisov teri va tanosil


Download 5.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/269
Sana01.11.2023
Hajmi5.29 Mb.
#1736593
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   269
Bog'liq
Teri va Tanosil Kasalliklari (Adham Vaisov) - T., 2009 y.

162


Yuqumli mollyusk
Yuqumli mollyusk - degenerativ va sitoliz holatlari bilan kechadigan 
virus kasallik.
Etiologiyasi va patogenezi. Kasallik qo'zg'atuvchisi (M olluscovirus 
hom inis) filtrlanuvchi, D N K li virus b o 'lib, aksariyat bog'cha, kichik 
m aktab yoshdagi bolalarda (1-7 yosh) kasallik chaqiradi. Ularga kasallik 
to 'g 'rid a n -to 'g 'ri virus tashuvchidan yoki umumiy sochiq, vanna, idish- 
tovoq, o'yinchoq va boshqalardan yuqishi mumkin. Ayrim holatlarda 
k a s a llik b o la la r m u assa sasid a epidem ik ta rq a lib ketishi m um kin. 
K attalarg a virus m aishiy- k o n takt yo'li bilan birgalikda, jinsiy aloqa 
yo'li orqali ham yuqadi. Shu sababli yuqumli mollyusk jinsiy yo‘1 bilan 
yuquvchi kasalliklar guruhiga kiradi.
Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 2-3 haftadan bir necha oygacha 
d a v o m etadi. S o g 'lo m teri yuzasida m ayda (1-2 m m ), a sta-sek in
kattalashadigan, chegaralari aniq, yaltiroq, oqish marvarid rangli, markazida 
kindiksimon botiqchali, zich-elastik konsistensiyaga ega tugunchalar paydo 
bo'ladi. Ular yuz, ko‘z atrofi, bo'yin, ko'krak, qo'l panjasi, qorin sohasi, 
jinsiy a ’zolar terisida uchraydi. Kasallik toshmalari subyektiv hissiyotlarsiz 
kechadi. Tugunchalar yon tom onlaridan siqib ko'rilganda, markazidagi 
botiqchadan bo'tqasimon massa chiqadi. Bu massa muguzlangan epiteliy 
hujayralaridan iborat bo'lib, 
m ollyusk tanachalari
deb ataladi. Tugunchalar 
son va hajm jihatidan har xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Ayrim hollarda 
tugunchalar ingichka asosda - oyoqchada joylashadi. Yuqumli mollyuskning 
quyidagi klinik turlari farqlanadi: ko'p sonli mayda toshmali, ingichka asosli 
(oyoqchali) va gigant toshmali.
Tashxis. Klinik belgilarga asoslanib kasallikni aniqlash qiyin emas. 
Yuqumli mollyusk terining o'simtali toshmalari va jinsiy a ’zolarda joylashgan 
h olatlarda zaxm toshm alari bilan taqqoslab ko'riladi. Bunda yuqumli 
mollyuskni boshqa turdagi toshma elementlaridan ajratib turuvchi belgi siqib 
ko 'rilg an d a, m arkazdagi botiq ch ad an b o 'tq asim o n massa chiqishi va 
m ikroskopda ko'rilganda katta, oval, protoplazm asida kiritm alari bor 
hujayralar (mollyusk tanachalari) topilishidir. Jinsiy aloqa orqali kasallik 
yuqtirilgan hollarda zaxm va OlVga qon tekshiruvlarini o'tkazish o'rinlidir.
Davosi. T ugunchalar pinset bilan siqib tashlanadi yoki o 'tk ir uchli 
Folkm an qoshiqchasi bilan qirib olinadi, b a ’zan diaterm okoagulyatsiya, 
k riodestru ksiya usullari q o 'lla n ila d i. O 'rn i 2-5 % li yodning spirtli 
eritmasi bilan artiladi va yuzasiga virusga qarshi m alham lar (bonafton, 
oksalin, gossipol, tebrofen, interferon) surtiladi.
Ik k ila m c h i in fe k siy a b ila n a s o r a tla n g a n h o lla rd a a n tib io tik li 
m alham lar (tetrasiklin, sintomitsin, eritrom itsin va boshqalar) ishlatiladi.

Download 5.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling