va oson jarohatlanuvchanligidan va uncha kuchli bo'lmagan jarohatlardan
keyin o g ‘riqli eroziyalar paydo bo'lishidan shikoyat etadilar.
E ritro p o etik p ro to p o rfiriy a la r va kech teri p orfiriy a sid a jig a r
xastalangan bo'ladi. Variyegat porfiriyada esa vegetativ neyropatiya va
qorinda o'tkir og'riqlar xuruj qilib turadi.
Teri toshmalari yuz, b o‘yin, to'sh, qo'llam ing yozuvchi yuzalari, qo'l-
oyoqlarning panjalari yuzalarida joylash ad i. Terida pufak, eroziya,
q aloqlar, chandiqlar kuzatiladi. K o 'rin ish id an sog' b o 'lg a n terilar
yuzasida tarang tomli pufaklar kuzatiladi. Pufak, pufakchalar yorilib,
o rnida sekin bituvchi eroziyalar hosil bo'ladi. Eroziyalar pushti rangli
atrofik chandiqlar hosil qilib bitadi. Yuz sohasida gipertrixoz kuzatilib,
bu bemorlam ing asosiy shikoyatlaridan biri hisoblanadi. Jarohatlangan
teri sohasi sklerodermiyasimon zichlashgan, mumsimon, sarg‘ish-oqish
o'choq holida bo'ladi. Yuz terisi, asosan, ko'z atroflari k o ‘kimtir tusda
b o'la d i. T erining och iq sohalari esa diffuz m elaninli giperpigm en-
tatsiyalangan bo'ladi (har doim ham emas).
Tashxisi.
Tashxis - kasallikning klinik ko'rinishi, Vud lampasi bilan
n u r la n tir ilg a n d a (y o r itilg a n d a ), o ‘ziga x os s a r g 'is h -q iz g 'is h nur
qaytarishining kuzatilishi va siydik tarkibida porfirinlar m iqdorining
oshishiga asoslanib qo'yiladi.
Differensial tashxisi.
P sevd o p o rfiriyci.
Bu kasallikka olib keluvchi
omillar: dori vositalari (naproksen, siklosp orin , ibuprofen, dapson,
furosemid, tetratsiklin, piridoksin); gemodializ; solyariyga qatnash;
— jigar hujayrali rak;
— sistemali qizil yugirik;
— sarkoidoz;
Do'stlaringiz bilan baham: |