O bobojonov k. Jumaniyozov
Ushbu sohada hisobga olish tartiblari va uning vazifalari
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
8.3. Ushbu sohada hisobga olish tartiblari va uning vazifalari.
Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan omborga topshirish qabul qilish, topshirish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi. Bunday xujjatlarda quyidagilar ko’rsatiladi: mahsulotni topshirayotgan sexning nomi; uni qabul qilayotgan ombor; mahsulotning nomenklatura kodi-raqami va nomi; o’lchov birligi; mahsulotning nomi; topshirish sanasi; javobgar shaxslarning imzolari. Qabul qilish-topshirish yukxatlarining aniq mazmuni mahsulotning texnologik xususiyatlariga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotining sifatiga bog’liq. Ularga texnika nazorati bo’limining vakili, mahsulot topshirayotgan sex xodimi, ombor mudiri (xodimi) yoki mahsulotni asrash uchun qabul qilayotgan boshqa javobgar shaxs imzo chekadi. 325 Qabul qilish-topshirish yukxatlari bir martalik va yig’ma (o’n kunlik, oylik) bo’lishi mumkin. Bularni topshiruvchi sex xodimi ikki nusxada yozadi. Bir nusxasi ombor mudiriga beriladi, ikkinchisi esa, mahsulot qabul qilingani haqidagi tilxat bilan sexda qoladi. Buxgalteriyada topshirilgan yukxatlar asosida har oyda tayyor mahsulot ishlab chiqarishning jamg’aruv qaydnomalari yuritiladi. Oy tugaganidan keyin qaydnomalarda mahsulot turlariga ko’ra qancha tayyor mahsulot ishlab chiqarilgani hisoblab chiqariladi va haqiqiy tannarxga ko’ra baholanadi. Tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi mahsulot turlari yoki buyurtmalari bo’yicha asosiy ishlab chiqarishning analitik hisobi ma’lumotlariga ko’ra belgilanadi. Har bir mahsulotning turi bo’yicha belgilangan tannarx summasi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish qaydnomasiga yozib qo’yiladi, so’ngra jamlanadi. Shunday qilib, butun ishlab chiqarishning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi hal bo’ladi. Har tomonlama mustaqillikni qo’lga kiritgan sub’ektlar o’zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini erkin narxda, iste’molchilar bilan kelishilgan narxda sotishga intiladilar. Кamyob mollarni mol, tovar birjalari orqali sotish, kim-oshdi savdosi keng rivojlangan. Omborga qabul qilingan va xaridor korxonalarga jo’natilgan mahsulot buxgalteriya hisobida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha aks ettiriladi. Biroq sexlardan mahsulot omborga qabul qilinganda uning haqiqiy tannarxi ma’lum bo’lmagani uchun mahsulotning harakatini hisobda qabul qilingan reja tannarxi yoki ulgurji bahoda-shartnoma narxda hisobga olinadi, ya’ni baholanadi. Hisobot oyi davomida mahsulot reja tannarxi bilan haqiqiy tannarxi yoki haqiqiy tannarx bilan ulgurji baho o’rtasidagi farq alohida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotni buxgalteriyada yoki omborda hisobga olib borish uchun schyotlar rejasiga ko’ra 2800-"Ombordagi mahsulotlar" aktiv inventar schyotlari ko’zda tutilgan. Ushbu schyotlar quyidagilardan iborat: 2800 Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling