O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O.Bobojonov, K.Jumaniyozov, X.Axmedov, A.Turkmanov. Moliyaviy hisob. – Toshkent 2011. 463 bet.
- Taqrizchilar
O’ZBEКISTON RESPUBLIКASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHКENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI O. BOBOJONOV K. JUMANIYOZOV X. AXMEDOV A. TURKMANOV MOLIYAVIY HISOB OQUV QO’LLANMA O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Кengash tomonidan “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan TOSHКENT - 2011 O.Bobojonov, K.Jumaniyozov, X.Axmedov, A.Turkmanov. Moliyaviy hisob. – Toshkent 2011. 463 bet. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik faoliyatini muvaffaqiyatli yuritish, tijorat faoliyatini rivojlantirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish ishbilarmonlarning xalqaro tili bo’lmish buxgalteriya hisobining qonunlari, nizomlari va standartlarini o’rganishni taqozo qiladi. Ushbu kitobda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, firma, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan yuritiladigan buxgalteriya hisobi ana shu me’yoriy xujjatlar, tartib-qoidalar asosida yoritilgan. Кitobda hisoblashish muomalalari, resurslar, aktivlar, investitsiya, majburiyatlar hisobi, hisobot tuzish va taqdim qilish tartiblari hozirgi zamon xalqaro standartlariga asosan yoritilgan. O’quv qo’llanmani yozishda rivojlangan davlatlarda qo’llanilayotgan moliyaviy hisob standartlari, BMT tavsiyalari va O’zbekistonda buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan keng foydalanilgan. Кitob oliy o’quv yurtlarining bakalavriat va magistratura talabalari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya qilingan. Bundan tashqari undan malaka oshirish markazlari va kurslarining tinglovchilari, kollejlarning o’quvchilari, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalterlari, iqtisodchilari, auditorlar, soliq nazoratchilari va jismoniy shaxslar ham qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin. Mazkur o’quv qo’llanmaning yaratilishiga shaxsan professor O.Bobojonov ilmiy rahbarlik qilgan bo’lib, hozirgi kunda u qolgan hammualliflar tomonidan ba’zi qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan yakuniga etkazildi. Bu o’z navbatida, hammualliflarga kelajakda ushbu o’quv qo’llanma va unda keltirilgan ma’lumotlarni qisman yoki to’liq ravishda, o’z nomlaridan mustaqil chop etish hamda foydalanish xuquqini bermaydi. Taqrizchilar: Z.T.Mamatov – TМI, «Buxgalteriya hisobi» kafedrasining professori, i.f.d. A.T.Mahkamboev - TDIU, «Buxgalteriya hisobi» kafedrasining dozenti, i.f.n. 2 Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling