O bobojonov k. Jumaniyozov
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishni tartibga
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
1.2. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishni tartibga
soluvchi me’yoriy xujjatlar. Mamlakatimizning sub’ektlarida buxgalteriya hisobi 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlangan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga asoslanib tashkil etiladi. Bu Qonunga ko’ra Respublikamizning sub’ektlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobining standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Respublika Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobini yuritish tartibi esa me’yoriy xujjatlarda keltirilgan tegishli qoidalariga asoslanadi. Shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun buxgalteriya hisobini soddalashtirib yuritish standarti ham, buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobini yuritishning ushbu qoidalari bu boradagi jahon standartlariga moslangan bo’lib, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarning sub’ektlarida yuritilayotgan buxgalteriya hisobi va hisoboti uchun zarur bo’lgan eng asosiy tamoyillari «konsepsiyalari»ni mamlakatimizning sub’ektlarida joriy etishga qaratilgan. Umuman olganda, rivojlangan mamlakatlarda hozirgi paytda buxgalteriya hisobining 20 dan ortiq tamoyillari mavjud. Ma’lumki, rejali-ma’muriy iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi yuqorida turuvchi vazirliklar, idoralar, statistika va soliq organlari kabi davlat boshqaruv organlari uchun axborotlarni yig’ish va ishlashdan iborat edi. Кorxona faoliyati to’g’risidagi eng muhim masalalar, jumladan, rejalashtirish, narx-navolarni belgilash, mol sotib olish va ularni iste’molchilarga etkazib berish, korxona xodimlarining ish haqini belgilash va boshqa shu kabi masalalar yuqorida turuvchi davlat organlari tomonidan hal qilinar edi. Кorxonalar davlat mulkchiligini boshqarishning alohida bir bosqichi sifatida qaralar, buxgalteriya hisobi esa mulkning but saqlanishi to’g’risidagi axborot bilan ta’minlar edi. 14 Davlat yagona mulk egasi va korxonaning investori bo’lib hisoblanar edi. Bunday sharoitda korxonaning hisoboti davlat topshiriqlarini bajarish, davlat byudjetiga qilinadigan ajratmalarning to’g’riligini tekshirish va statistika axborotlarni yig’ish vositasi bo’lib xizmat qilar edi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi va hisoboti oldiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat edi: qat’iy bir xillik (unifikasiyalanganlik); ishlab chiqarish topshiriqlarining bajarilishini aks ettiradigan ko’rsatkichlarga mo’ljal qilish; soliq solish bazasini va byudjetga boshqa ajratmalarni hisoblash: Sub’ektlarning faoliyati bozor iqtisodiyotida oldingiga qaraganda ancha farq qiladi. Bu farqlar quyidagilar bilan bog’liq: 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning tarkibi o’zgarib, davlat mulkchiligi jamiyatdagi mulkchilikning faqat bir turiga aylanadi, sub’ekt faoliyatidan manfaatdor bo’lgan ko’plab yangi mulkchilik yuzaga keladi, chunki ular bu sub’ektga o’z mablag’larini qo’yadilar. 2. Sub’ektlar raqobatchilikda engib chiqish va samarali moliyaviy natijalar beradigan qarorlarni qabul qilishga harakat qiladilar va shu maqsadda bozor kon’yukturasini o’rganadilar, o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradilar, mol etkazib beruvchi va xaridorlarni topadilar, narx- navolarni mustaqil belgilaydilar va hokazo; 3. Byudjetdan moliyalash va davlat kreditlarini olishdan tashqari endilikda sub’ektlar faqat xaridorlar va tovarlarni sotish bozorlari uchun raqobatchilik kurashida qatnashibgina qolmay, undan tashqari, tijorat banklarining kredit resurslari hamda potensial investorlarning shunday mablag’lari uchun raqobatchilik kurashini olib boradilar. Shuning uchun sub’ektda birinchidan boshqaruv qarorlarini chiqarish va ularning natijalarini baholash uchun o’z vaqtida va to’liq bo’lgan axborotni olish ehtiyoji tug’iladi. Ikkinchi tomondan, sub’ektlar tegishli axborotni shu sub’ektlarga o’z mablag’larini qo’ygan mavjud investorlar va bo’lg’usi investorlarga ham topshirishi kerak bo’ladi. Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq ajratmalarining to’g’riligi haqida ham hisobot berish saqlanib qoladi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobi bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan hisobchilik va statistika funksiyalarini bajaruvchi vositasidan sub’ektlarning faoliyati to’g’risidagi axborotni yig’ish, ishlash va topshirish quroliga aylanadi. Bu axborotdan manfaatdor tomonlar o’z ixtiyoridagi vaqtincha ortiqcha mablag’larni samaraliroq investisiya qilish to’g’risidagi asoslangan qarorlar qabul qilish uchun foydalanadilar. 15 Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya hisobini biznes tili deb atashadi. Uni o’rganish har qanday tilni o’rganishga juda o’xshab ketadi va buxgalteriya hisobida ishlatiladigan ko’pchilik so’zlar hayotda qo’llaniladigan xuddi shunday so’zlarga qaraganda boshqacha ma’noga ega bo’lganligi sababli uni o’rganish biroz qiyinroq tuyuladi. Har qanday til ham buxgalteriya hisobidek, jamiyatning o’zgarib borayotgan ehtiyojiga javoban rivojlanib va o’zgarib boradi. Buxgalteriya hisobida qo’llanib kelinayotgan qoidalar ham yoki ularning bir qismi jamiyatning o’zgarib borayotgan ehtiyojlariga qarab o’zgartirilishi mumkin. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling