3. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisobni yuritish
natijasida olingan axborotdan foydalanuvchilar aksariyat aniq bo’lmagan
tashkilotlardan iborat (bundan tashkilotning o’z ma’muriyati mustasnodir).
Кo’pchilik kompaniyalarning ma’muriyati
shu kompaniyaning
buxgalteriya hisobotidagi axborotlardan foydalanuvchi aksiyadorlar,
kreditorlar va boshqa shaxslarning ko’pchiligini
shaxsan bilmasligi
mumkin. Undan tashqari, ko’pchilik tashqi foydalanuvchilarning talablari
bir xil deb faraz qilinadi. Boshqaruv hisobining ma’lumotlaridan
foydalanuvchilarning (kompaniyaning menejerlari va ularga axborotni
yig’ish va tahlil qilishda yordam beruvchi xodimlar) esa odatda har biri
shaxsan ma’lum bo’ladi. Shuning uchun ularga xos bo’lgan talablar ham
ma’lum bo’lib, boshqaruv hisobining tizimi ham shu talablarga moslangan
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: