O bobojonov k. Jumaniyozov


 Buxgalteriya hisobining tarkibiy tuzilish – moliyaviy va


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

1.4. Buxgalteriya hisobining tarkibiy tuzilish – moliyaviy va 
boshqaruv hisobi.
19


Bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda buxgalteriya hisobi ikki turga 
bo’linadi, ulardan birinchisi Moliyaviy hisob va ikkinchisi Boshqaruv 
hisobidir.
Moliyaviy hisobni qisqacha ta’riflaydigan bo’lsak, u davlat va 
nodavlat organlarning ishlab chiqqan va tavsif etilgan barcha qonun va 
qoidalariga rioya qilingan holda yuritiladigan buxgalteriya hisobining turidir. 
Uning ma’lumotlaridan faqat sub’ektning rahbariyati tomonidan ichki 
maqsadlar uchungina foydalanilmay, bu ma’lumotlar sub’ektdan 
tashqaridagilarga ham foydalanish uchun topshiriladi.
Buxgalteriya hisobotini oluvchilar ulardan to’g’ri foydalanishlari 
uchun buxgalteriya hisobining amaliyotiga ta’sir etadigan tashkilotlar 
tomonidan buxgalteriya hisobi bo’yicha qo’llanmalar tizimi ishlab chiqildi. 
Bunday qo’llanma bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda, jumladan 
AQShda umumqabul qilingan buxgalteriya prinsiplari deb nomlanadi. Bu 
prinsiplar buxgalter va ishbilarmonlar tomonidan ulardan foy-
dalanuvchilarning talablarini qondirish uchun doimo rivojlantirilib va 
o’zgartirilib boriladi.
AQShning bunday milliy tashkilotlari buxgalteriya standartlari 
byurosi, Maslahatchi buxgalterlarning Amerikalik instituti, qimmatbaho 
qog’oz va birja muomalalari bo’yicha komissiyasi, Soliq boshqarmasi va 
davlat tashkilotlaridagi standartlar byurosidan iborat.
Кeyingi yillarda buxgalteriya hisobining prinsiplarini rivojlantirish 
borasida xalqaro hamkorlik qilish ancha rivoj topa boshladi. Masalan, chet 
el matbuotining ma’lumotlariga ko’ra, Buxgalteriya standartlarining 
xalqaro qo’mitasi tomonidan 20 dan ortiq xalqaro standartlari ma’qullanib 
ular 6 ta tilga tarjima qilingan ekan. 1997 yilda esa Buxgalterlarning 
xalqaro federasiyasi yaratilib, unga oltmishdan ortiq mamlakatlarning 
ixtisoslangan buxgalterlik tashkilotlari kiritilgan. Bu federasiya 
buxgalteriya hisobiga doir masalalarni xalqaro darajada hal qilish bilan 
shug’ullanadi. Undan tashqari AQShdagi buxgalteriya hisobiga ta’sir 
qiluvchi tashkilotlarga Buxgalterlarning milliy assosiasiyasi, Moliyaviy 
rahbarlar instituti va Amerika buxgalterlar assosiasiyasini kiritish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasida bunday tashkilotlarga hozircha O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi davlat soliq 
qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi davlat istiqbol va statistika qo’mitasi 
va O’zbekiston Respublikasi buxgalterlari va auditorlarining 
assosiasiyasidan iborat.
Moliyaviy hisob moliyaviy hisobot deb nomlanadigan qator 
hisobotlarni tuzib topshirish bilan yakunlanadi. Buxgalteriya hisobining 
20


umum qabul qilingan prinsiplariga binoan quyidagi uchta hisobot tuzilishi 
kerak: 
1.
Buxgalteriya balansi.
2.
Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot.
3.
Pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot.
Shu bilan birga ushbu moliyaviy hisobot quyidagi axborotlar bilan 
ta’minlanishi lozim:
1.
Mavjud va bo’lg’usi kreditorlarga unumli kapital qo’yilmalar 
qilish va kreditlarni berish haqida qarorlar qabul qilish uchun xizmat 
qiladigan.
2.
Xo’jalik-iqtisodiy faoliyatni tushunadigan va axborotni oqilona 
o’rganishga harakat qiladigan shaxslarga tushunarli bo’lish.
3.
Sub’ektning iqtisodiy resurslari, ularga qo’yilgan talablar va 
shu resurslar hamda ularga qo’yiladigan talablarni o’zgartiradigan xo’jalik 
muomalalari hamda hodisalarning ta’siri haqida.
4.
Sub’ektning tegishli davr mobaynidagi faoliyatining moliyaviy 
natijalari haqida.
5.
Axborotdan foydalanuvchilarga dividendlar, foizlar bo’yicha pul 
mablag’larining kelib tushishi mo’ljallangan summalarini baholash va 
vaqtlar ichida taqsimlash va shuningdek realizasiyadan yoki qarzlarni uzish 
yoki qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlarni baholash imkonini 
beradigan. 
Bu keltirilgan vazifalardan birinchi va ikkinchisi moliyaviy hisobot 
haqidagi axborot oldiga qo’yiladi, bunda hisobot tushuna biladigan 
o’quvchiga tayyorlanadi. Uchinchi vazifa buxgalteriya balansiga, to’rtin-
chisi foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotga va beshinchisi mavjud pul 
mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobotga tegishlidir. Ularning 
hammasi birgalikda moliyaviy hisobotni tashkil qiladi va o’tgan davr 
to’g’risidagi axborot hisoblanib, ular foydalanuvchilarga xo’jalik 
sub’ektining kelajakdagi moliyaviy ahvoli, mablag’larning harakatiga 
tegishli bo’lgan istiqbolini belgilash va qarorlar qabul qilishga yordam 
berish uchun topshiriladi.
Garchi yuz yillar davomida buxgalteriya hisobi birinchi navbatda 
davlatning manfaati uchun xizmat qilgan. Masalan, soliq yig’ish faoliyati 
bilan bog’liq bo’lgan bo’lsa ham, sanoat revolyusiyasining natijasida 
uning oldiga yangi talablar qo’yilgan. Chunki tobora yiriklashib 
borayotgan korxonalar o’zlarini moliyalash va faoliyatlarni boshqaradigan 
odamlarning sonini oshirish uchun mablag’lar zarur bo’lgan. Shunday 
qilib, ikki guruh yuzaga kelgan, ulardan biri – mablag’ qo’yuvchilar, 
21


ikkinchisi esa boshqaruvchilar. Birinchisi ikkinchisidan sub’ektning 
ixtiyoriga berilgan mablag’larning saqlanishi va foydalanishi haqida 
hisobot talab qilgan. Shu bilan birga boshqaruvchi (menejer)lar tomonidan 
talab qilinayotgan axborot sub’ektning mulklarini boshqarish uchun ham 
foydali ekanligini anglaganlar. Shunday qilib boshqaruv hisobi ham 
rivojlana boshlagan.
Boshqaruv hisobi axborot turlaridan biridir. U sub’ekt doirasidagi 
jaryon hisoblanib, sub’ektning xodimlari tomonidan rejalashtirish, o’zini 
boshqarish va sub’ektning faoliyatini nazorat qilish uchun 
foydalaniladigan axborot bilan ta’minlaydi. Bu jarayon boshqaruv 
xodimlariga o’z funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan axborotni 
topish, o’lchash, yig’ish, tahlil qilish, tayyorlash, tushuntirib (izoh) berish, 
topshirish va qabul qilishlarni o’z ichiga oladi.
Ma’lumki, tashkilotning kundalik faoliyati natijasida turli tuman va 
har kuni sodir bo’lgan voqealar bo’yicha tezkor axborot yuzaga keladi. Bu 
axborot moliyaviy va boshqaruv hisobida aks ettiriladigan yakuniy axborot 
uchun xom-ashyodir. Umuman olganda, menejer uchun har qanday 
axborot ham, u hisob ob’ektimi yoki yo’qmi, baholash mumkinmi yoki 
yo’qmi, undan qat’iy nazar, u juda muhimdir. Masalan, buyurtmachi 
kompaniya mahsulotining sifatidan norozi va u boshqa mol etkazib 
beruvchini qidirishga tayyor ekanligi to’g’risidagi xabarni oldi, garchi u 
hisob ob’ekti bo’lmasa ham va uni miqdoriy jihatdan baholab bo’lmasa 
ham, bunday axborot o’zicha juda muhimdir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, aksiyalarning egalari, kreditorlar va 
sub’ektlardan tashqaridagi boshqa manfaatdor shaxslar uchun atalgan 
buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot va pul 
aktivlarining harakati to’g’risidagi hisobot, moliyaviy xujjatlari sifatida 
tashkilotning o’z menejerlari uchun ham juda foydalidir. Lekin boshqaruv 
xodimlari uchun buxgalteriya xujjatlaridagi axborotlarga qaraganda yanada 
ko’proq mukammallashtirilgan axborot kerak bo’ladi.
Shuning uchun tezkor axborot boshqaruv hisobini dastlabki 
ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Lekin tezkor axborotning ko’pchilik qismi 
menejerni bevosita qiziqtirmasligi mumkin. Masalan, agar ishlar yaxshi 
ketayotgan bo’lsa, menejerni palonchi muhandisning o’tgan oyning 
yarmida ishlab topgan maoshi qancha bo’lganligi yoki sub’ektning 
schyotiga o’tgan kuni qancha pul kelib tushishi to’g’risida ma’lumot 
qiziqtirmaydi. Albatta bu hodisalar tegishli xujjatlar bilan 
rasmiylashtirilishi shart va bu xujjatlar boshqaruv tizimining dastlabki 
pog’onasi tomonidan foydalanilishi mumkin. Menejer esa dastlabki hisob 
22


xujjatlaridan olingan yakuniy axborotdan foydalansa ham bo’laveradi. 
Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv hisobida foydalaniladigan axborot 
yakuniy axborotdir.
Ma’lumki, buxgalterlar har xil mulkchilik shaklidagi sub’ektlarda 
yollanib ishlaydilar. Ularning sub’ektning faoliyati to’g’risidagi bilimlari 
qanchalik keng, har tomonlama va chuqur bo’lsa, boshqaruv hisobi 
sohasidagi buxgalterning boshqaruv qarorlariga ta’siri ham shuncha katta 
bo’ladi. Кeyingi paytlarda rivojlangan mamlakatlardagi rahbar xodimlarning 
aksariyati buxgalterlik yoki moliyaviy bilimga ega bo’lishga intilganlar.
Boshqaruv hisobi buxgalterlarining asosiy vazifalari boshqaruv 
xodimlarini to’g’ri bo’lgan boshqaruv qarorlarini chiqarish uchun zarur 
bo’lgan axborot bilan ta’minlashdan iborat. Firma faoliyatining samara-
dorligini oshirish va o’g’irlikning oldini olish maqsadida buxgalteriyada 
ichki nazorat tizimini yaratishlari kerak bo’ladi. Ular foyda rejalarini 
tuzish, smetalar tuzish va mablag’larning harakatlari ustidan nazorat 
qilishda faol qatnashadilar. Ular shuningdek xujjatlarni to’g’ri yuritish va 
xujjatlardan foydalanishni kuzatish, tegishli moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash sub’ekt tomonidan soliqlar tizimiga doir qonunchilik va davlat 
tomonidan o’rnatilgan tartib va qoidalarga rioya qilishini nazorat qiladilar. 
Ular kompyuterlashtirilgan tizimlardagi eng yangi hamda hisobda 
kompyuterlardan foydalanish borasida erishilgan yangiliklar bilan tanish 
bo’lishlari lozim.
Moliyaviy va boshqaruv hisoblari bir birlaridan quyidagi nuqtai 
nazardan va xususiyatlari bilan farq qiladi:

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling