O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
Hisoblash (nachislenie). Hisoblash usuli sub’ektning buxgalteriga
tegishli daromadlar va xarajatlarning qaysi hisobot davriga tegishli ekanligini hal qilish imkonini beradi. Hisoblash usuliga binoan daromad- lar, garchi olinadigan pul mablag’lari sotuvchining schyotiga hali o’tkazilmagan bo’lsa ham tegishli mahsulot qaysi hisobot davrida jo’natilgan yoki xizmatlar bajarilgan bo’lsa, o’sha davr (oy)ga tegishli bo’ladi. Shuningdek xarjatlar ham, ular sub’ekt tomonidan shu hisobot dav- rida to’langanmi yoki yo’qmi, undan qat’iy nazar, qaysi hisobot davrida 30 yuzaga kelgan bo’lsa, o’sha hisobot davrida aks ettiriladi. Shu bilan birga, hisoblash usuli ehtiyotkorlik prinsipidan foydalanishni ham nazarda tutadi. К onservatizm (ehtiyotkorlik) . Ehtiyotkorlik yoki konservatizm prinsipi hisobot xujjatlarida aktivlar va foydaning baholanishini, ish va xizmat ko’rsatish va majburiyatlarning baholanishini pasaytirib ko’rsatishga yo’l qo’ymaslikni nazarda tutadi. Shuning uchun potensial ziyonlar yoki zararlarni aks ettirish uchun, potensial foydani aks ettirishga qaraganda kamroq asoslardan foydalansa ham bo’laveradi, degan ma’noga ega. Ehtiyotkorlik prinsipini aks ettirishlardan biri pastroq baholash qoidasi, ya’ni tannarx yoki bozor narxida baholash hisoblanadi. Bu qoidaning mohiyati shundaki, agarda sub’ekt o’zining aylanma mablag’larini bir narxda sotib olganu, lekin hozirgi paytda ularning narxi tushib ketgan bo’lsa, unda sub’ekt o’zining hisobot xujjatlarida mablag’larini joriy bozor narxida aks ettirib, farqlarini joriy davr zararlariga o’tkazishi kerak bo’ladi. Lekin, agar mazkur hisobot davridagi aylanma aktivlarning bozor narxi shu aktivlarning sotib olish narxiga qaraganda oshib ketgan bo’lsa, unda sub’ekt o’z aktivlarini shu oshib ketgan bozor narxi bo’yicha haqiqatda sotilishi daqiqasigacha o’z xujjatlariga hech qanday o’zgartirishlar kiritmaydi. Buxgalteriya hisobida qabul qilingan bunday tartib bozordagi o’zgaruvchan holatlarni va u bilan bog’liq bo’lgan sub’ektning xo’jalik faoliyati va uning mulkchilarining tavakkalchiligini hisobga olish imkoniyatini beradi. Bu konsepsiyadan amaliy foydalanish maqsadida bozor iqtisodiyotidagi davlatlarda maxsus qoidalar, ya’ni moliyaviy hisob va hisobot standartlari ishlab chiqiladi. Bu standartlar tashqi foydalanuvchilar uchun atalgan moliyaviy hisob va hisobot xujjatlarini tuzishda ma’lum konseptual birlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bu narsa shuningdek moliyaviy hisobotni tuzishda muhim bo’lgan yana bir prinsip hisoblangan tashqi foydalanuvchilarga tushunarli bo’lishlikni ham ta’minlaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling