O bobojonov k. Jumaniyozov
Buxgalteriya hisobini yuritishda hisob siyosatining o’rni va
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.7. Hisob siyosatining uslubiy asoslari va uni qo’llash tartibi.
1.6. Buxgalteriya hisobini yuritishda hisob siyosatining o’rni va
ahamiyati. Кeyingi paytlarda buxgalteriya hisobi va hisobot tizimida katta o’zgarishlar bo’lib o’tmoqda. Bunda ayniqsa 1992 yil bozor iqtisodiyoti hamda xalqaro talablarga javob beradigan hisob tizimini yaratishda muhim sana bo’lib qoldi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitidagi buxgalteriya hisobini takomillashtirishning asosiy xususiyati shundaki, davlat tomonidan hisob ishlarini tashkil qilishga doir xujjatlarda buxgalteriya ishlarini uyush- tirishning asosiy uslubiy prinsiplari bilan birgalikda sub’ektga hisob yuritishda u yoki bu siyosatni, buxgalteriya hisobining shaklini, hisob axborotini ishlash texnologiyasini, buxgalteriya ishlarini tashkil qilish usullarini tanlash xuquqlari berilgan. Shu munosabat bilan keyingi yillarda vatanimizdagi hisob nazariyasi va amaliyotida sub’ektning hisob siyosati degan tushuncha paydo bo’lib, u zamonaviy sharoitdagi buxgalteriya hisobining rivojlanish yo’nalishini aks ettiradi. 1.7. Hisob siyosatining uslubiy asoslari va uni qo’llash tartibi. Hisob siyosatini buxgalteriya hisobini yuritish sub’ektning mablag’larini hisobot yilida baholashning uslubiy qoidalarining yig’indisi deb ta’riflash mumkin. Endilikda har qanday mulkchilik shaklidagi, tashkiliy-huquqiy tuzilishdagi va tarmoqqa tegishli sub’ektlar quyidagi sohalar bo’yicha o’zining hisob siyosatini tanlab olishi mumkin: − asosiy vositalarning amortizasiyasini hisoblash; − asosiy vositalarni ta’mirlash sarflarini hisobga olish; 33 − materiallarni sotib olish sarflarini hisobga olish; − moddiy aylanma mablag’larining hisobini tashkil qilish va baholash; − ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish; − materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, jo’natilgan tovarlarni baholash; − ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni hisobda aks ettirish; − mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizasiyasini hisobga olish; − shubhali qarzlar bo’yicha har xil Rеzеrv (rezerv)larni yaratish; − sof foyda hisobidan har xil jamg’armalarni hosil qilish va boshqa masalalar bo’yicha. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga ko’ra buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda sub’ektning rahbariga quyidagi huquqlar beriladi: − bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya xizmat sohasini yaratish; − shartnoma asosida taklif qilingan mutaxassis bilan buxgalteriya hisobini yuritish, shartnoma asosida ixtisoslashgan buxgalterlik firmasiga topshirish yoki buxgalteriya hisobining sub’ektiga kiradigan xo’jalik birlashmasining markazlashtirilgan buxgalteriyasi bo’limining xizmatidan foydalanish; − buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Shu bilan birga sub’ektning rahbariga quyidagilarni ta’minlash majburiyatlari yuklatilgan: − ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish; − xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi; − buxgalteriya hisobining to’liqligi va ishonchliligi; − hisob xujjatlarining saqlanishini; − tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotni tayyorlab berish; − soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy xujjatlarni tayyorlab berish; − hisoblashishlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi. Sub’ektda pul mablag’larini, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni qabul qilish uchun asos bo’lib hisoblangan xujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning kredit va hisoblashish majburiyatlari va shuningdek buxgalteriya hisoboti va balansi rahbar yoki uning xohishi bilan belgilangan shaxslar tomonidan imzolanadi. 34 Sub’ektning rahbari xujjatlarga o’z imzolarini qo’yadigan ikki ro’yxatni belgilab tasdiqlaydi. Birinchi ro’yxatga rahbarlik funksiyalarini bajaruvchi shaxslar, ikkinchisiga esa – buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslar kiritiladi. Ikkinchi ro’yxatdagi shaxslarning imzosisiz xujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharotida har bir korxona, tashkilot yoki firma farmon, nizom va ko’rsatmalarga rioya qilgan holda hisob siyosatini o’zi belgilaydi va sub’ektning rahbariyati yoki mulk egasining buyrug’iga muvofiq amalga oshriladi. Bu buyruqda buxgalteriya apparatini tashkil qilish va uning tuzilishi, moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil qilish va buxgalteriya hisobini yuritishning aniq tartib va qoidalari belgilanadi. Yuqoridagi umumiy ko’rinishga muvofiq korxona va firmalarda buxgalteriya apparati quyidagi tartibda tashkil qilinadi: Bosh buxgalter va uning o’rinbosarlari Mehnat va unga haq to’lash guruhi Moddiy resurslarni hisobga olish guruhi Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish guruhi Tayyor mahsulotlar va ularni sotishni hisobga olish guruhi Hisoblashish muomalalarini hisobga olish guruhi Soliq, ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini hisobga olish guruhi Axborotlarni mashinalarda hisoblash guruhi Yig’ma – tahlil guruhi Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling