O bobojonov k. Jumaniyozov
Bankdagi Hisob-kitob schyotidagi sodir bo’lgan muomalalarning
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muomala kodi Muomalalarning turlari Debeti bo’yicha Кrediti bo’yicha
Bankdagi Hisob-kitob schyotidagi sodir bo’lgan muomalalarning
tasdiqlangan kodlari Muomala kodi Muomalalarning turlari Debeti bo’yicha Кrediti bo’yicha 01 To’lov topshiriqnomasiga muvofik to’landi To’lov talabnomasiga va schyot-fakturaga muvofiq kirim qilindi 02 Chekka muvofiq naqd pul to’landi Naqd pul kirim qilindi 03 hisoblashish chekining summasi to’landi hisoblashish cheki kirim qilindi 04 Arizaga muvofiq qo’yilgan akkreditivlar yoki maxsus schyotlar to’landi Akkreditiv yoki maxsus schyotda foydalanilmay qolgan summa kirim qilindi 05 Hisob-kitob schyoti ko’chirmasining ilovasiga muvofiq hisobdan chiqarildi Hisob-kitob schyoti ko’chirmasining ilovasiga muvofiq kirim qilindi 06 qarzni to’lash uchun hisobdan chiqarildi Arizaga muvofiq olingan qarz Hisob-kitob schyotiga qabul qilindi 07 Arizaga muvofiq, limitlangan chek daftarchasi berildi Limitlangan chek daftarchasining qoldiq summasi kirim qilindi 08 Maxsus kredit va qarz schyotlari muqobillashtirildi Maxsus kredit va qarz schyotlari muqobillashtirildi 49 Muomala kodi Muomalalarning turlari Debeti bo’yicha Кrediti bo’yicha 09 Olingan qarz va kreditlar yuzasidan to’langan foiz summalari hisobdan chiqarildi Berilgan qarzlar bo’yicha olingan foizlar kirim qilindi Hisob-kitob schyotidan olingan ko’chirmaga asosan 2-jurnal-orderning kredit muomalalaridagi summalarini, ya’ni mol etkazib beruvchilarga to’langan qarzlar, bank kreditlari, byudjet va ijtimoiy sug’urta to’lovlari va olingan naqd pullarni umumlashtiradi, 2-qaydnoma esa ushbu schyotning debet tomonida qayd qilingan muomalalari bo’yicha mablag’larning harakatini ya’ni, xaridorlardan tushgan mablag’lar, olingan kredit va qarzlar, debitorlar va buyurtmachilardan tushgan summalarni umumlashtiradi va nazorat qiladi. Bu jurnal-order va qaydnomaning ma’lumotlari yordamida buxgalteriya xodimlari Hisob-kitob schyotiga kirim qilingan pul mablag’larining manbalarini, sarflanish maqsadlari va boshqa tashkilot va korxonalar oldidagi to’lov majburiyatining bajarilishini nazorat qiladilar. Ushbu yozuvlar va pul mablag’larining harakati bankning ko’chirmasiga asosan amalga oshiriladi. Bank tomonidan berilgan ko’chirmadagi bir xil schyotlarda ko’rsatilgan summalar yig’iladi va tegishli 2-jurnal-order va qaydnomalarga ja’mi summasi yozilib boriladi. Ushbu registrlarni to’lg’azish tartibi bankning har bir ko’chirmasi uchun muddati (bir, ikki, besh, o’n kun)dan qat’iy nazar bitta qator qoldiriladi. har oyda olingan bank ko’chirmalarining soni tegishli 2-jurnal-order va 2-jamg’arma qaydnomadagi qatorlar soniga teng bo’lishi shart. 2-jurnal-order va 2-qaydnomada yozuvlar tegishli schyotlar aloqa qilgan holda 5110 - "Hisob-kitob schyoti"ning debeti va krediti bo’yicha yoziladi. Natijada har hisobot kuni yoki oyda buxgalteriya xodimlari tomonidan mablag’lar kirimining manbalari va ulardan maqsadli foydalanish, byudjet va boshqa muassasalarga majburiy to’lovlar va kalendar-grafikdagi to’lov majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Hozirgi davr talabiga asosan hisob ishlariga hisoblash texnikalarini muvaffaqiyatli joriy qilish (kompyuterlashtirish) uchun Hisob-kitob schyotida qayd qilingan muomalalarning analitik hisobini kodlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bankdagi schyotlarda saqlanayotgan pul mablag’larining holatini va xo’jalik muomalalarining ta’sirida ularning harakati (kirimi va sarfi)ni 50 taqqoslab turish lozim. Bu schyotlardagi mablag’larni taqqoslash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mijozlar naqd pulsiz usuldagi to’lovlarni bank orqali o’tkazadilar va mol etkazib beruvchilarga va xizmat qiluvchilarga bo’lgan qarzlar ham bank orqali naqd pulsiz shaklida to’lanadi. Кassa schyotlarini yuritish tartibiga o’xshash har bir alohida bank schyoti bo’yicha muomalalarni aks ettirish uchun alohida schyotlar yuritish zarur. Bu o’z navbatida taqqoslash jarayonini va sodir bo’lgan xatolarni aniqlashni engillashtiradi. Taqqoslash jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: bankdagi schyotdan olingan lekin hisobda aks ettirilmagan summalarni (bo’nak muomalalarini amalga oshirgani uchun bank yig’imlari va komission to’lovlar va hokazolar) ko’rib chiqish; ushbu aniqlangan summalarni hisobda aks ettirish; bank ko’chirmalariga asosan bankdagi Hisob-kitob schyotidagi mablag’larning qoldiqlarini buxgalteriya hisobining ma’lumotlari bilan taqqoslash; etkazib berilmagan pul o’tkazmalari yoki chek muomalalarini taqqoslashda vaqt mintakasiga oid farqlarni hisoblash; pul mablag’larining qoldig’i va harakati bo’yicha tuzilgan taqqoslash dalolatnomasini tuzish, unda sanani ko’rsatish va tomonlar – bank va kompaniyaning buxgalteriya xodimlari tomonidan imzolanishi lozim. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling