O bobojonov k. Jumaniyozov
«Naqd pulni kirim qilish e’loni»
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Hisoblashish cheki»
«Naqd pulni kirim qilish e’loni» - bu xujjat Hisob-kitob schyotiga naqd
pul topshirilganda qo’llaniladi va pul qo’yuvchiga tasdiqlovchi xujjat sifatida patta (kvitansiya) beriladi; «Pul cheki» - Hisob-kitob schyotidan tegishli miqdordagi naqd pulni olish uchun sub’ektning bankka beradigan buyrug’i; «To’lov topshiriqnomasi» - sub’ektning hisoblashish yoki xorij valyutasi schyotidan mol etkazib beruvchilar, pudratchilar, yuqori tashkilotlar, moliya va sug’urta tashkilotlarining schyotiga tegishli mablag’larni ko’chirishi to’g’risidagi topshirig’i. Mablag’larni oluvchilarning joylashuvi va qaysi bank ularga xizmat ko’rsatuviga qarab ushbu to’lov topshiriqnomalarning tegishli nusxalarining miqdori belgilanadi. To’lov topshiriqnomalari shahar ichidagi hisoblashishlar va shahar tashqarisidagi hisoblashishlar amalga oshirilganda ham yoziladi. Ushbu to’lov topshiriqnomalarining shakli hisoblashishlarning hamma turlari uchun bir xildir. Ayrim hollarda ya’ni, bir nechta pul o’tkazmalari bir vaqtda amalga oshirilsa, maxsus shakldagi yig’ma topshiriqnoma yoziladi. Bunday yig’ma to’lov topshiriqnoma bitta bank xizmat qiladigan bir nechta mol etkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilar uchun yoziladi. Imzo va muhr to’lash lozim bo’lgan umumiy summaning tagiga bir marta qo’yiladi. «Hisoblashish cheki» - naqd pulni olish chekidan boshqacha ko’rinishda bo’lib, sub’ektning Hisob-kitob schyotidan oluvchining schyotiga tegishli mablag’ni o’tkazish uchun bankka asos bo’luvchi xujjat; «Hisob-kitob schyotidan ko’chirma» - sub’ektning bankdagi shaxsiy hisob varag’ining nusxasi. Unda mablag’larning harakati, qoldig’i to’g’risidagi ma’lumot ma’lum davrda berib turiladi. Sub’ektlar har kuni yoki bank bilan kelishilgan kunlarda bank tomonidan Hisob-kitob 48 schyotidan ko’chirma olib turadi. Unda hisobot davrida sodir bo’lgan muomalalar o’z aksini topadi. Bu ko’chirmaga mablag’larni qabul qilish yoki ko’chirish uchun asos bo’lgan boshqa sub’ektlar tomonidan berilgan schyot-fakturalar, to’lov talabnomalari va sub’ekt tomonidan berilgan to’lov topshiriqnomalari ilova qilinadi. Кo’chirma (nusxa)ni o’qiyotganda shunga e’tibor berishi kerakki, debet tomonidagi summalar bankning sub’ektga bo’lgan qarzining kamayishi va kreditidagi summalar esa sub’ektga bo’lgan qarzlarning ko’payishini bildiradi. Кo’chirmani o’qish oson bo’lishi uchun sodir bo’lgan muomalalarga raqamlar (kodlar) qo’yiladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling