O bobojonov k. Jumaniyozov


Bankdagi Hisob-kitob schyoti bo’yicha muomalalarni


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

2.4. Bankdagi Hisob-kitob schyoti bo’yicha muomalalarni 
hisobga olish.
Yuridik shaxslar ya’ni, mustaqil balansga, Nizom va Ustaviga ega bo’lgan 
sub’ektlar banklarda o’zlarining Hisob-kitob schyotini (5110 – «Hisob-kitob 
schyoti») ochish huquqiga egadirlar.
Chunki vaqtincha foydalanishdan chetga chiqarilgan pul mablag’larini 
saqlash va ularning ustidan tizimli va doimiy nazoratni kuchaytirish lozim. 
Bank yoki boshqa moliyaviy tashkilotlarning schyotlarini qo’llash pul 
mablag’lari ustidan nazoratlarni o’rnatishning muhim usulidir. Vaholanki 
banklarning schyotidan foydalanish bir nechta ustunliklarni ro’yobga 
chiqaradi:
pul mablag’lari banklarda maxsus jihozlangan xonalarda saqlanadi, 
ya’ni jismoniy himoyalangan bo’ladi;
pul mablag’lari bo’yicha alohida hisob bank tomonidan yuritiladi;
pul mablag’larini boshqarish jarayonida o’g’irlik va 
tavakkalchilikning darajasini kamaytiradi;
mijozlar bilan hisoblashish muomalalarini naqd pulsiz shaklida 
to’lovlar va oluvlarni bevosita bankdagi ushbu schyot orqali amalga 
oshirish mumkin;
pul emissiyasining darajasini, pirovard natijada uning sarfini 
kamaytirish imkoniyatiga ega bo’linadi, chunki naqd pul qancha ko’p 
muomalada bo’lsa shuncha ko’p jismoniy eskiradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar Hisob-kitob schyoti ochayotganda, 
bankka quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Hisob-kitob schyotini ochish to’g’risida ariza;
ro’yxatdan o’tkazilganligi haqidagi guvohnoma;
ustav va ta’sis shartnomasining notarial idora tomonidan 
tasdiqlangan nusxasi;
notarial idora tomonidan tasdiqlangan imzolar va muhr belgilari 
tushirilgan ikki dona kartochka (1-imzo sub’ektning rahbariniki, 2-imzo 
bosh buxgalterniki);
46


soliq nazorati va Pensiya jamg’armasida ro’yxatdan o’tkazilganligi 
to’g’risida ma’lumotnoma.
Hisob-kitob schyotini ochish jarayonida sub’ekt bank bilan shartnoma 
tuzadi va yuridik shaxsning Hisob-kitob schyotiga № beriladi.
Qo’shma korxonalar esa yuqorida qayd qilingan xujjatlardan tashqari 
bankka investisiya loyihasini tasdiqlovchi davlat qaydnomasining nusxasini 
ham topshirishi lozim.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
o’zlarining xohishiga ko’ra Hisob-kitob schyotini ochgandan keyin boshqa 
manzillarda (sub’ekt joylashgan manzildan tashqarida) joylashgan 
bo’limlari, filiallari, yirik do’konlari va boshqa bo’linmalari uchun joriy 
schyotlar ochish huquqiga egadirlar. Bo’lim, filial va do’konlar o’zlarining 
ushbu joriy schyotlari orqali asosiy Hisob-kitob schyotidan mablag’ 
o’tkazib xodimlariga mehnat haqi, mukofot va nafaqalar berish, xizmat 
safarlarining sarflarini qoplash, xodimlarning omonatlariga o’tkazish, 
mehnat haqidan ushlangan summalarni soliq organlari va pensiya 
jamg’armalariga o’tkazish, ishlab chiqarish uchun boshqa tezkor va zaruriy 
muomalalarni va boshqa xo’jalik muomalalarini amalga oshiradilar.
Bankda Hisob-kitob schyotini ochgandan keyin sub’ektlar doimiy 
ro’yxatdan o’tganlik to’g’risida guvohnoma olish uchun qayd qilingan 
Ustav kapitalining 30%ni bankka qo’yilganligi to’g’risida tegishli bankdan 
tasdiqnoma (spravka) olishi lozim. Bank ushbu Ustav kapitalini 30%ni 
Hisob-kitob schyotiga o’tkazgandan keyingina sub’ektga ushbu 
tasdiqnoma (spravka)ni berish huquqiga ega.
Hisob-kitob schyotida sub’ektning vaqtincha ozod mablag’lari, 
mahsulotni sotish, ishni bajarish va xizmatlarni ko’rsatishdan olingan 
daromadlar, olingan qisqa va uzoq muddatli kredit va qarzlar hisobga olinadi 
va hisoblashishning asosiy qismi amalga oshiriladi:
mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashish;
to’lovlar bo’yicha byudjet bilan hisoblashish;
ijtimoiy muhofaza tashkilotlari va davlat sug’urta idoralari bilan 
hisoblashish;
boshqa debitor va kreditorlar bilan hisoblashish;
mehnat haqi, moddiy yordam, mukofot, nafaqa va shunga o’xshash 
yo’nalishdagi to’lovlar uchun naqd pullarni kassaga olish.
Bu mablag’larni o’tkazish yoki naqd olish sub’ekt rahbarining 
topshirig’i va roziligi bilangina amalga oshiriladi. Ayrim hollarda (qonunga 
muvofiq) bank sub’ektning roziligisiz quyidagi majburiyatlarga tegishli 
mablag’larni hisoblashishga (inkasso tartibida) o’tkazishi mumkin:
47


to’lov muddati kelgan byudjetga bo’lgan qarzlar;
mahalliy va xo’jalik sudlarining ijro varaqlariga asosan;
kreditdan foydalanish foizi, muddati o’tgan kredit summasi va bank 
xizmati summasi.
Qolgan barcha muomalalar sub’ekt rahbariyatining roziligi bilan 
tasdiqlangan grafik asosida amalga oshiriladi, ya’ni bankka pul 
mablag’ining kelib tushishi va schyotlarni to’lovga qabul qilish vaqti 
inobatga olinadi.
Pul mablag’larini qabul qilish, naqd pulni berish va naqd pulsiz 
hisoblarni amalga oshirish bank tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi 
xujjatlarga asosan amalga oshiriladi:

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling