O bobojonov k. Jumaniyozov
-BOB. PUL MABLAG’LARI VA HISOB-КITOBLAR HISOBI
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
2-BOB. PUL MABLAG’LARI VA HISOB-КITOBLAR HISOBI
2.1. Pul mablag’lari hisobini tashkil qilish vazifalari va tamoyillari. Кorxona, firma va tashkilotlarning faoliyatida xo’jalik aloqalari muhim o’rin tutadi, chunki bu aloqalar orqali ta’minot, ishlab chiqarish, mahsulotlarni jo’natish va sotish jarayonlari amalga oshiriladi. Xo’jalik aloqalari shartnomalarga asoslanib amalga oshiriladi. Natijada bitta xo’jalik yurituvchi sub’ekt tovar-material Rеzеrvlarini etkazib beruvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlarni ko’rsatuvchi, ikkinchi xo’jalik yurituvchi sub’ekt esa sotib oluvchi, iste’molchi sifatida maydonga chiqadi, natijada ushbu qiymatliklar, ish va xizmatlarning qiymatini to’lash bo’yicha huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi. Bu aloqalar natijasida hosil bo’lgan hisoblashishlarni aniq tashkil qilish, ayniqsa bozor sharoitida aylanma mablag’larning tezkorlik bilan aylanishiga va pul mablag’larining o’z vaqtida kelib tushishiga sharoit yaratib beradi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuqoridagi muomalalardan tashqari ishlab chiqarish topshiriqlarini bajaruvchi xodimlar bilan ham o’zaro hisoblashishlar – ishchi va xizmatchilar, ijtimoiy muhofaza, byudjet bilan bo’ladigan hisoblashishlarni ham amalga oshiradi. Кo’p hollarda korxona, tashkilot va muassasalar bilan hisoblashishlar naqd pulsiz amalga oshiriladi. Bu hisoblashishlar jarayonida banklarning xizmatlaridan foydalaniladi, chunki hisoblashishlar amalga oshiriladigan schyotlar tegishli bankda ochiladi. Banklar yuridik shaxslar hisoblanib korxona va tashkilotlarning mablag’larini qaytarib berish, foizlarni to’lash va muddatli shartlar bilan jalb qiladilar. O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank, tijorat banklari (tarmoqlarga xizmat ko’rsatuvchi – paxta, g’alla, meva, sabzavot, qurilish va hokazo) va xususiy banklar mavjud. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’lari va ekvivalentlari muomalalarining hisobini yuritishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: pul mablag’larining harakati va hisoblashish muomalalarini to’g’ri va vaqtida xujjatlashtirish; korxona, muassasa va tashkilotlarning kassasidagi naqd pullar, qimmatbaho qog’ozlar mavjudligining tezkor va kundalik nazoratini tashkil qilish; pul mablag’laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish; byudjet, bank, shaxslar bilan hisoblashishni o’z vaqtida va to’g’ri amalga oshirishni nazorat qilish; 37 mol etkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan amalga oshiriladigan hisoblashish turlarining tuzilgan shartnomadagi hisoblashish turlari va vaqtiga to’g’ri kelishini nazorat qilish; debitor va kreditorlar bilan hisoblashishlarni tekshirib borish. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar – korxona, firma va tashkilotlarning joriy aktivlari, pul mablag’lari, ularning ekvivalentlari va olinadigan schyotlari muomaladagi muddatiga qarab ushbu aktivlar quyidagilarga bo’linadi: uzoq muddatli (bir yildan ortiq) aktivlar; qisqa muddatli yoki joriy (bir yilgacha) aktivlar. Joriy aktivlar likvidlikning pasayishi tartibida quyidagilardan tashkil topgan: pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari; qisqa muddatli investisiyalar; olinadigan schyotlar; tovar-moddiy Rеzеrvlari; oldindan to’langan sarflar (berilgan bo’naklar). Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling