O bobojonov k. Jumaniyozov
Aktivlar = majburiyatlar + kapital
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5. Hisobot ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talablar. Uzluksizlik
- Ishonchlilik.
Aktivlar
= majburiyatlar + kapital Shuningdek bizga ma’lumki, sub’ektning hisob registrlarida aks ettiriladigan hodisalar xo’jalik muomalalari deb baholanib, har bir xo’jalik muomalasi hisob registrlariga ikki tomonlama ta’sir ko’rsatadi. Chunki buxgalteriya hisobining tizimi shunday tashkil qilinganki, xo’jalik muomalasining har ikkala ta’siri ham hisob registrlarida aks ettirilishi shart. Shuning uchun buxgalteriya hisobi ikkiyoqlama yozuv tizimi deb nomlangan. Buxgalteriya hisobining ikkilamchi konsepsiyasini tushuntirishda quyidagi voqeaga murojaat qilamiz. Fuqaro Ahmedov yangi sub’ekt ochayapti deb faraz qilamiz. Buning uchun u birinchi navbatda bankda schyotini ochib, o’zining shaxsiy pullaridan 1000 ming so’m topshirdi deylik. Bu xo’jalik muomalasining ikkilamchi ta’siri shundaki, endi sub’ekt 1000 ming so’mlik pul mablag’lari, ya’ni aktivga ega bo’ldi, fuqaro Ahmedov, mulk egasi esa bu aktivlarga nisbatan 1000 ming so’mlik talabga ega bo’ldi. Boshqacha qilib aytganda, buni quyidagicha ifodalash mumkin: Aktivlar (pul mablag’lari), 1000 ming so’m = Passivlar egasining kapitali, 1000 ming so’m. Navbatdagi xo’jalik muomalasi 300 ming so’mlik bank kreditini olishdan iborat bo’lgan. Bunda hisob registrlari ikki yo’nalishda o’zgartirilgan: 29 1) ularning pul mablag’lari 300 ming so’mga ko’payib, 1300 ming so’mni tashkil qilganligini ko’rsatadi va 2) ularning aktivlariga yangi talab, ya’ni bankning 300 ming so’mlik talabining paydo bo’lganligini ko’rsatadi. 1.5. Hisobot ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talablar. Uzluksizlik. Ma’lumki, buxgalteriya hisobi sub’ektning xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalarining harakatini ko’rsatadi. Buning uchun u xo’jalik jarayonidagi barcha muomalalarining ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatuv olib borib, natijada olingan ma’lumotlarni o’lchash va xujjatlarda aks ettirish yo’li bilan ularni yagona pul o’lchovida umumlashtirgan holda ko’rsatib beradi. Shuning uchun buxglteriya hisobi ayrim sub’ektlarda sodir bo’layotgan jarayon va xo’jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish va ketma-ket qayd qilishni amalga oshirish va xo’jalik faoliyatini har tomonlama nazorat qilish usuli hisoblanadi. Xo’jalik muomalalarining aktiv va passivlarini pulda baholash. Bu prinsip universal o’lchagich sifatida pul o’lchagichidan foydalanishni anglatadi. Umumiylik. Moliyaviy hisobot faqat pulda ifodalangan axborot sifatida qayd qilinadi. Bunday hisobning afzalligi shundaki, unda pul umumqabul qilingan o’lchagich hisoblanib, uning vositasida sodir bo’lgan turli-tuman xodisalarni umumlashtirish mumkin bo’lgan ko’rsatkich, ya’ni pulda ifodalash mumkin bo’ladi. Lekin shunday afzalliligiga qaramasdan, buxgalteriya hisobi biznesda muhim hisoblangan ba’zi holatlarni, masalan, firma prezidentining sog’lig’i, qurilishning boshlanish vaqti, raqobatchi sub’ekt bozorga yaxshiroq mahsulot olib chiqqanligi kabi hodisalarni aks ettirmaydi. Ishonchlilik. Bu prinsip buxgalteriya hisobining axborotlari xatosiz ekanligi va rostlikni anglatadi. Buxgalteriya hisobini yuritish qonuni va qoidalarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda jazolanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling