O bobojonov k. Jumaniyozov
Hisobotlarni topshirish muddatlari
Download 1,89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. Hisobotning ob’ekti
- 12. Hisobni to’g’ri yuritmaganligi uchun javobgarlik.
10. Hisobotlarni topshirish muddatlari. Ma’lumotlar tashqi
auditorlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni tekshirish, tayyorlash, chop qilish va taqsimlash uchun ma’lum vaqt kerak bo’lganligi sababli, ular foydalanuvchilarning qo’liga hisobot davri tugagandan keyin bir necha hafta ichida kelib tushadi. 25 Boshqaruv hisobi bo’yicha tuzilgan hisobot esa kechiktirmasdan chora ko’rishni talab qiladigan axborotdan iborat bo’lishi mumkin. Bu hisobotlar odatda hisobot oyi o’tgandan keyin bir necha kunda yoki kundalik hisobot uchun olingan kunning ertalabiga tuziladi. 11. Hisobotning ob’ekti: Moliyaviy hisobotlarda sub’ekt yagona butunlikda izohlanadi. Bir nechta tarmoqlarda faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalar uchun tarmoqning har biri bo’yicha sarflangan xarajat va olingan daromadlarni aks ettirish zaruriyati mavjud. Boshqaruv hisobida asosiy e’tibor sub’ektning uncha katta bo’lmagan bo’linmalariga va ulardagi ayrim buyumlar, faoliyatning turlari, tashkiliy bo’linmalar, javobgarlik markazlariga jalb qilinadi. Lekin sub’ekt xarajatlarining jami summasini qismlarga bo’lib, ayrim bo’linmalarning xarajatlariga yozish (o’tkazish), moliyaviy hisobda mavjud bo’lmagan, muhim muammolarni keltirib chiqaradi. 12. Hisobni to’g’ri yuritmaganligi uchun javobgarlik. Garchi bunday hollar kam uchratilsa ham, ba’zida kreditorlar yoki aksiyadorlik kompaniyalar yillik buxgalteriya hisoboti va balansdagi axborotni asossiz buzib ko’rsatilganligi haqida kompaniyani ayblab, sudga murojaat qilishlari mumkin. Boshqaruv hisobidagi hisobotlar esa, yuqorida ta’kidlangandagidek, hisobda umumqabul qilingan prinsiplarga albatta to’g’ri kelishi shart emas va ular keng ommaga mo’ljallangan emas. Menejer o’zining noto’g’ri bo’lgan qarorlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin va bunda boshqaruv hisobining ma’lumotlari bunday qaror va keyinchalik amalga oshiriladigan tadbirlarga sabab bo’lishi mum- kin. Lekin javobgarlikka tortish uchun boshqaruv hisobining qandaydir ma’lumotlari emas, balki faqat qabul qilingan qaror yoki amallar sabab bo’lishi mumkin. Moliyaviy hisob bilan boshqaruv hisoblari o’rtasidagi yuqorida keltirilgan farqlarga qaramasdan, ularning o’rtasida o’xshashlik ham mav- juddir. Chunki moliyaviy hisobda mavjud bo’lgan elementlarni boshqaruv hisobida ham topish mumkin. Buning ikki sababi bor: 1) moliyaviy hisob uchun umumqabul qilingan prinsiplarning ahamiyatini belgilovchi omillar boshqaruv hisobiga nisbatan ham amal qiladi. Masalan, boshqaruv xodimlari o’zining faoliyatida mutlaqo tekshirib bo’lmaydigan sub’ektiv baholash va fikrlarga tayanaolmaydigan standartlar mavjud bo’lib, har bir mamlakat o’ziga zarur deb bilgan prinsiplardan (hisob yuritishning asosiy qoidalari) foydalanadi. Bu prinsiplar odatda bir nechta asosiy konsepsiya va idrok qilinadigan tushunchalarga tayanib ishlab chiqarilgan bo’ladi. 26 Hozirgi paytda barcha mamlaktlarda buxgalteriya hisobi birinchi nav- batda balanslashtirish prinsipiga tayanadi. Ma’lumki, buxgalteriya balansi hisobni mustaqil yuritadigan har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum bir vaqtga bo’lgan moliyaviy ahvolini pul ifodasida aks ettiradi. Moliyaviy ahvol deganda kompaniyaning ma’lum bir davrga mavjud bo’lgan iqtisodiy resurslarini shu kompaniyaning barcha kapitaliga (solishtirib) qarshi qo’yilishi tushuniladi. Bunda iqtisodiyot hamma kapi- talga teng bo’ladi. Har bir kompaniyaning ikki turdagi kapitali bo’ladi: o’z kapitali va jalb qilingan kreditorlik qarzlar. Shunday qilib iqtisodiy resurslar – jalb qilingan kapital, majburiyatlar va umuman kapitallardir. Buxgalteriya hisobidagi atamalarga binoan iqtisodiy resurslarga aktiv sifatida, kreditorlik qarzlari esa passiv sifatida qaraladi. Lekin bizning mamlakatimizda passiv deganda ham o’z mablag’larining manbalari, hamda jalb qilingan mablag’larning manbalari (birgalikda) tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan boshqa mamlakatlarda esa passiv deganda faqat kreditorlik qarz tushuniladi. Shuning uchun ushbu mamlakatlarda bu tenglik quyidagicha ifodalansa: Download 1,89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling