Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi
Download 164.58 Kb.
|
1 2
Bog'liqstat-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Moliya bozorining oldiga qo‘yilgan maqsadga muvofiq vazifalari.
II-VARIANT TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI Shunday qilib, tashqi iqtisodiy aloqa - bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi. Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi: xalqaro savdo-sotiq; ishlab chiqarish kooperatsiyasi; kapital migratsiyasi; ishchi kuchi migratsiyasi; o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar. Tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaydi. xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar; xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflochi ko’rsatkichlar; xalqaro kapital migratsiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar; xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; o’zaro to’lovlar va hisob valyutalari operatsiyalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar. Tashqi savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Moliya bozorining oldiga qo‘yilgan maqsadga muvofiq vazifalari. Moliya bozori oldiga qo’yilgan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalarni hal etadi: - vaqtincha bo’sh turgan moliyaviy resurslarni oborotga jalb etish; - iqtisodiyotni istiqbolli tarmoqlariga moliya-investitsion resurslarni samarali taqsimlash va qayta taqsimlash; - davlat qarziga xizmat ko’rsatish; - ishlab chiqarish vositalarga egalik qilish huquqini qayta taqsimlash; - o’zaro balanslashtirilgan kredit pul va byudjet-soliq siyosatini davlat tomonidan bajarilishida xizmat qilish; - moliyaviy globallashuvga erishish; - moliyaviy resurslarni qaytarilishini ta’minlash; - emitentlarni moliyaviy oqimlarini optimizatsiyalash va ularni iqtisodiy manfaatlarini himoyalash; - bozor qatnashchilarini mavqeini oshirish, biznesni rivojlantirish va yangi ish o’rinlarini yaratish va boshqalar. Statistikaning vazifalari: - moliya bozorida amalga oshiriladigan bitim va operatsiyalar haqida ishonchli ma’lumotlar to’plash; - to’plangan ma’lumotlarni jamlash, guruhlash, jadval va grafiklarda ifodalash; - moliya bozorida amalga oshiriladigan bitim va operatsiyalarni statistikaning barcha metodlaridan foydalangan holda tahlil qilish; - moliya bozoridagi mavjud tendentsiyalarni aniqlash va statistik baholash; - eng asosiy vazifa-moliya bozoridagi bitim va operatsiyalarini (barcha qatnashchilar uchun) manfaatligini statisik baholash hamda bozordagi foydalanilmayotgan zaxiralarni aniqlash va oborotga kiritish; - Respublika moliya bozorini jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvida uslubiy yordam ko’rsatish. Download 164.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling