O bobojonov k. Jumaniyozov


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Кelgusi davr daromadlari - hisobot davrida olingan, ammo kelgusi 
davrga tegishli bo’lgan mablag’lar.
Кonsalting - maslaxat xizmatini qo’rsatish va ekspertiza o’tkazish. 
Кonsalting bilan shugullanadigan firmalar konsultativ deb ataladi.
Кonsignator - tovarlarning egasi bo’lmasada, tovarlari mavjud 
bo’lib, asosan, komission boshlang’ich bosqichida faoliyat yuritadi. O’z 
idorasi, shuningdek, qabul qilish, qayta ishlash va tovarlarni sotish 
binosiga ega bo’ladi.
Кonsignasiya - tovarlarni xorijga sotishning komission shakli bo’lib, 
unga qo’ra tovarlarning egasi (konsignant) u erdagi o’z komissioneriga 
(konsignatoriga) tovarlar partiyasini sotish uchun junatadi.
Кontokorrent hisobi - hisob-kitob ssuda hisobi. Oddiy uch yoki 
undan ortiq schetlar (moliyalashtirish hisobi, hisob-kitob scheti va 
boshqalar) urniga korxona bitta hisob yurgizadi. 
Кontragent - bir biriga nisbatan shartnomadagi tomonlarning xar 
biri.
Кontraktasiya - tayyorlovchi, qayta ishlovchi sanoat korxonalari 
(kontraktantlar) va qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqaruvchilar 
(beruvchilar) o’rtasidagi ikki yoklama shartnoma.
Кonsern - mulkchilik va nazorat birligiga asoslanuvchi birlashish 
shakli. 
Кotirovka - fond birjasida qimmatbaho qog’ozlarga kurs belgilash; 
tovar birjasida tovarlar bahosi va ularning birja byulletenlarida yozilishi, 
tegishli davlat organlari yoki valyuta birjalarida xorijiy valyutalariga kurs 
belgilash. 
Кorxonaning jalb etilgan mablag’lari - korxonaning bank krediti 
ko’rinishida olgan mablag’lari. Bundan tashqari yana, qisqa va o’zoq 
muddatli qarzlar hisobidan jalb etilgan mablag’lari ham bo’lishi mumkin.
Кorxonaning bankdagi hisobidan kuchirma - korxonaning hisob-
kitob, joriy va maxsus schetlaridagi pul mablag’larining xarakati haqida 
bank muassasasining yuborgan xujjati. 
Кredit (lat. credit - u ishonadi) - buxgalteriya schetining bir qismi. 
Aktiv schetlarning kreditida hisob ob’ektining kamayishi yoziladi, passiv 
schetlarda esa ushbu hisob ob’ektlari summasining ko’payishi yoziladi. 
Кredit tomondagi qoldiq passiv va aktiv-passiv schetlarda bo’ladi.
Кreditorlar - ma’lum bir muddatga boshqa shaxsga qarz bergan 
korxona, tashkilot, muassasa (mulkchilik shaklidan kat’iy nazar) va 
jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. 
441



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling