О е. X o ‘j a n a z a r o V, М. M ir s o V u r o V, Т. N o r b o b o y e V a ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi
- 1 2 7 - E K O LO G IY A
Download 6.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta`limi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E K O LO G IY A
- 1 2 7 -
E K O LO G IY A qilinadi, qishloqlaming har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‘shiladi. 25-§. Agroturizm M a’lumki, Prezidentimiz I.A.Karimovning bevosita tashabbuslari bilan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy, tarixiy, merosini saqlashga va tiklashga qaratilgan keng koiam li ishlar amalga oshirilinoqda. Biologik xilma-xillikka ega b o ig an mamlakatlarda ekologik turizm, o‘ziga xos relyef va gidrografik sharoitga ega mamlakatlarda ekstremal turizm, qishloq xo‘jaligi tarixan boy an’analarga ega davlatlarda agroturizm sohalari rivojlanmoqda. Agroturizm deganda, sayyohlami qishloq hayoti bilan yaqindan tanishtirish tushuniladi. Agroturizm tabiat qo‘ynida bo‘lgani uchun inson sog‘lig‘iga foydali. Uni nafaqat xorijiy sayyohlar uchun, balki shaharlarda yashovchilar, qishloqda tug‘ilib o‘sib, shaharda yashayotganlar uchun tashkil etish ham qiziqarlidir. Shu jihatdan agroturizmui rivojlantirish ancha qiziqish uyg‘otadi. 0 ‘zbekistonda agroturizmni tashkil etish va rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, Har yili viloyatlar o‘rtasida “0 ‘zbek milliy o‘yinlari” tanlovlari uyushtiriladi. Bunda, asosan, milliy kurash, ko‘pkari va “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Beshtosh”, “Chillak” kabi o‘yinlar bo‘yicha bellashuvlar kuzatiladi. 0 ‘yinlar, albatta, tog‘lar bag‘rida, tabiat qo‘ynida o‘tkaziladi. Ushbulaming barchasi agroturizmni yoflga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turistik taslikilotlaming diqqat-e’tiboridan chetda qolayotgan me’morchilik obidalari, o‘zbekona oddiy turar joylar, masjidlar, - 1 2 8 E K O LO G IY A choyxonalar agroturizmni rivoj lantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 0 ‘lkamizda 8 oy mobaynida quyosh charaqlab turadi va odamlar tabiatning saxovatidan bevosita bahramand bo‘lishlari mumkin. Dam olish maqsadida bunyod etilgan shiyponlar, ayvonlar, ko‘kalamzorlar, ariq va hovuzlar agroturizmning ommaviylashuviga xizmat qiladi. Shunisi aniqki, chet ellik sayyohlarga zamonaviy binolardan ko‘ra, ko‘proq milliy uslubda qurilgan mehmonxonalar yoqadi va biz ularga taklif etgan rnehmonxonada milliylik uyg‘unlashadi. So‘rilar, bolishlar, ko‘rpachalar, milliy liboslarimiz, uy-ro‘zg‘or buyumlari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari kabilar sayyohlarga qiziqarli va manzur bo‘ladi, albatta. Sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatishda firma uslubidan foydalanish qo‘l keladi. Qizilqum bo‘ylab tuyada sayr etish, sayyohlami tuya yoki otga mindirib, suratga olish va boshqa xizmatlar taklif etiladi. Milliy taom tayyorlashda ishtirok etish, shu taomlaming tayyorlanishi haqidagi kitoblami ko‘rish va sotib olish ham sayyohlarda qiziqish uyg‘otadi. Qishloq xo‘jaligi dalalarida pishiqchilik paytida sayohat qilish sayyohlarda ancha yaxshi taassurot qoldiradi. Poliz va sabzavot mahsulotlarining mazasi, nisbatan arzonligi, milliy bozorlarimiz ham ularda qiziqish uyg‘otadi, albatta. Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling