O. Ismanova “ 2023 y O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti
II.BOB. BARQAROR ENERGETIKA TA'MINOTIGA ERISHISH USULLARI
Download 214.78 Kb.
|
Himoyaga ruxsat etildi” Fizika fakulteti dekani, (PhD) dots. O. -fayllar.org
II.BOB. BARQAROR ENERGETIKA TA'MINOTIGA ERISHISH USULLARI
2.1. Zangori energiya manbalari afzallik va kamchiliklari. Zangori energiyani boshqacha, qayta tiklanuvchan energiya deb ham nomlanadi. Xalqaro agentlik ma‘lumotlariga ko‘ra, umumiy energiya ko‘lamida zangori energetikaning ulushi tobora ortib borishi kuzatilmoqda , Alternativ turdagi manbalarga quyosh, shamol, geotermal elektrostantsiyalar, kichik gidroelektr stantsiyalar, bioenergetik qurilmalar, chiqindilarni qayta ishlovchi komplekslar, dengiz va okeanlar yuqori to‘lqinlari oqimini kelishi va qaytishi energiyalari kiradi. Bunda qayta tiklanuvchi energiyalarni to‘rtdan uch qismi quyosh va shamol energiyasiga to‘g‘ri keladi. Bulardan ko‘rinadiki, hamma energiya manbalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan foydalanishda barcha sabab va oqibatlarni xar tomonlama baholash orqaligina eng optimal variantlari tanlanishi kerak. Shuning uchun xar bir energiya manbaini ijtimoiy, iqtisodiy va kelajak imkoniyatlarini taxlil etib taqqoslash bilan energiya manbalari turlari haqida fikrlarni oydinlashuviga va ularga bo‘lgan munosabatni to‘g‘ri shakllanishiga erishish bugungi eng zarur masalalardan sanaladi.Demak yuqorida biz qayta tiklanuvchi energiya manbalarini bilib oldin. I bob da biz bu manbalarning har biri haqida ma’lumot keltirgandik. Ularning yurtimizda va jaxonda paydo bo’lish evolutsiyasi haqida ham ma’lumotlar berilgan edi. Hozirda ayrim mamlakatlar zangori energiya kelajagiga katta umid bildirsalar, boshqalari iqtisodyotni rivojida yadro energetikasini ustuvor deb qaramoqdalar. Rivojlanish bosqichiga o‘tayotgan bizning respublikamizda ham energiya ta’minotida zangori energiya manbalari bilan bir qatorda yadro energetikasini rivojlantirishga ham katta e’tibor berilmoqda. Bunday turdagi energiya manbalariga katta e’tibor berilayotgani sabablari qanday, ularning iqtisodiy rivojlanish uchun imkoniyalari yetarlimi, xar bir mamlakat o‘z tabiiy joylashuviga ko‘ra qanday turdagi energiya manbai yaratish uchun qulay sharoitga ega kabi masalalarni chuqur o‘rganish bilan birga, davlatning barqaror va yetarlicha energiya ta’minotiga erishish yo‘lidagi intilishlariga jamiyat ongli ravishda xayrixoxlik bilan birgalikda xarakat qilishiga erishish lozim. Shu ma’noda jamiyatni energiya manbalariga nisbatan adekvat munosabatini shakllantirishga erishish yo‘lidagi xarakatlar bugungi kunda o‘ta dolzarb masala sanaladi. Hozirda dunyo elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini umumiy energiyaga qo‘shadigan ulushini ko‘radigan bo‘lsak, issiqlik energetikasi – ko‘mir 39%, gaz 22%, gidroeneorgetika - suv oqimi energiyasi 17%, yadro energetikasi 11%, boshqa turlardagi manbalar 11 % ni tashkil etadi [2]. Bulardan ko‘rinadiki, hozirda asosiy manbaa qazilma yonilg‘i hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin, yuqorida aytgan sabablarga ko‘ra, ularning kelajak imkoniyati keskin kamayib bormoqda. Qayta tiklanuvchi energiyalar ichida eng ommalashgani gidroenergetika bo‘lib, ular kichik va global masshtablarda yaratiladi. Global masshtabdagi gidroelektr energiya manbalari qayta tiklanuvchan manbalar turiga kirsada, ular o‘ziga xos ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular asosan daryolarni quyi oqimlarida katta dambalar loyixalari asosida quriladi. Shuning uchun ular katta mablag‘ talab etishidan tashqari geografik joylashuviga qarab turlicha tortishuvlarga ham sabab bo‘ladi. Masalan, suv yuzasi katta maydonni egallashi bilan bog‘liq ekologik xavf, aholini yashash joyidan boshqa yerga ko‘chirish muammolari, dambani urib ketish xavfi va agar tropik maydonlarda bo‘lsa parnik effektiga olib keluvchi gazlarni chiqishi kabi masalalarni xal etishni talab etadi. Bulardan tashqari ular uchun investitsiyani jalb etish anchayin murakkablik tug‘diradi. Xuddi shunday qolgan zangori energetika manbalari ham o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Barcha turdagi manbalar parametrlarini aniqlashtirishda okeanlar suv satxi oqimi elektrostantsiyalari, suv to‘lqini elektrostantsiyalari, yer osti issiqligi elektrostantsiyalari, bioenergetik qurilmalar va chiqindilarni qayta ishlashdan olinadigan energiyalarni hozirgi kundagi umumiy ulushi bir foizdan kamligi uchun ularni hisobga olmaymiz. Zangori energetikani eng asosiy turlari sifatida shamol, quyosh, kichik va ulkan gidro elektr stansiyalarini barcha harakteristikalarini tahlil etib, ularni afzal va kamchiliklarini bizningcha quyidagilarga ajratish mumkin. Download 214.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling