O. K. Rixsimbaev iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/107
Sana23.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1113079
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   107
Bog'liq
2239-Текст статьи-5681-1-10-20200702

Axborot zaxiralari – alohida hujjat va hujjat to‘plami, axborot tizimlari 
(kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari)dagi hujjatlar 
va hujjatlar to’plamidir.
Axborot texnologiyasi (AT) – ob’yekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida 
yangi axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vosita va 
uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayon. 
Ma’lumotlarni aks ettirish - ma’lumotlarni inson qabul qilishi uchun foydali 
shaklda taqdim etish. 
Texnologik jarayon – ma’lum harakatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan usul 
va vositalar, ularning izchilligi, xatti harakatlarini belgilaydi. 


227 
Avtomatlashtirlgan axborot texnologiyalari – boshqaruv vazifalarini xal 
qilish uchun rivojlangan dasturiy ta’minlanish, hisoblash texnikasi va aloqaning 
foydalanilgan vositalari hamda axborotlarni mijozlarga taklif qilishning usullarini 
qo‘llash asosida axborotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olish, uzatish, jamlash, qidirish, ishlab 
chiqish operatsiyalarini amalga oshirish usullari va vositalarning tizimli tashkil 
qilingan majmui.
Boshqaruv tizimi – boshqaruv vazifasini amalga oshiruvchi tizim. Bu tizim 
tomonidan amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar bashoratlash, rejalashtirish, 
hisobga olish, tahlil qilish, nazorat etish va tartibga solishdan iborat. 
Kompyuter – ma’lumotlarni qayta ishlovchi markaziy element. 
Dasturiy ta‘minot – axborotlarni qayta ishlashda programmalash jarayonini 
avtomatlashtiradi.
Axborot bazasi (information base) – hisoblash tizimi xotirasida fayllar 
ko‘rinishida saqlanayotgan ma’lumotlarning bеlgilangan usul bilan tashkil qilingan 
yig‘indisi, ular yordamida boshqaruv jarayonlari va yеchilayotgan masalalarning 
axborotlarga ehtiyojlari qanoatlantiriladi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling