227
Avtomatlashtirlgan axborot texnologiyalari – boshqaruv vazifalarini xal
qilish uchun rivojlangan dasturiy ta’minlanish, hisoblash
texnikasi va aloqaning
foydalanilgan vositalari hamda axborotlarni mijozlarga taklif qilishning usullarini
qo‘llash asosida axborotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olish, uzatish, jamlash, qidirish, ishlab
chiqish operatsiyalarini amalga oshirish usullari va vositalarning
tizimli tashkil
qilingan majmui.
Boshqaruv tizimi – boshqaruv vazifasini amalga oshiruvchi tizim. Bu tizim
tomonidan amalga oshiriladigan eng
muhim vazifalar bashoratlash, rejalashtirish,
hisobga olish, tahlil qilish, nazorat etish va tartibga solishdan iborat.
Kompyuter – ma’lumotlarni qayta ishlovchi markaziy element.
Dasturiy ta‘minot – axborotlarni qayta ishlashda
programmalash jarayonini
avtomatlashtiradi.
Axborot bazasi (information base) – hisoblash tizimi xotirasida fayllar
ko‘rinishida saqlanayotgan ma’lumotlarning bеlgilangan
usul bilan tashkil qilingan
yig‘indisi, ular yordamida boshqaruv jarayonlari va yеchilayotgan masalalarning
axborotlarga ehtiyojlari qanoatlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: