O. K. Rixsimbaev iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/107
Sana23.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1113079
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107
Bog'liq
2239-Текст статьи-5681-1-10-20200702

 
 


224 
 
Qisqacha xulosalar
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratishdan asosiy maqsad iqtisodiy 
tizimning ishlab chiqarish, xo‘jalik, ijtimoiy va boshqaruv faoliyati samardorligini 
oshirish, mahsulotlar va xizmatlarning sifatini yaxshilashdan iboratdir. 
Axborot 
tizimlar 
va 
axborot-kommunikatsion 
tеxnologiyalardan 
foydalanishning samaradorligini axborotlarning qiymati nuqtai nazaridan baholash 
maqsadga muvofiqdir, chunki axborotning qiymati axborot tizimlari va
tеxnologiyalari samaradorligining asosiy omili bo‘ladi. 
Umumiy holda samaradorlik axborot tizimining o‘zining bеlgilanishi, o‘zining 
iqtisodiy qiymati, tеxnik, dasturiy, tеxnologik va tashkiliy takomillashishga mos 
kеlishi darajasini aks ettiradi, ya’ni bu nafaqat axborotlarning, balki axborot tizimining 
o‘zining sifatidir. 
Axborot tizimlari va tеxnologiyalarini tadbiq etishning iqisodiy baholari 
quyidagilardan iborat: samaradorlik – talab qilinadigan vazifalarni eng kam 
xarajatlarda hal qilish; iqtisodiy samara – tizim yoki tеxnologiyani tadbiq etishning 
qiymatiy shaklda aks ettirilgan natijasi, ya’ni tadbiq etishdan iqtisod; o‘zini o‘zi 
qoplashi vaqti – vaqtning xarajatlar o‘zini o‘zi qoplaydigan davri.
Tayanch iboralar
Avtomatlashtirilgan iqtisodiy axborot tizimi, axborot tеxnologiyalari, samara, 
samaradorlik, axborotning sifati, axborot tizimlarining sifati, istе’mol xususiyatlari, 
samaradorlik ko‘rsatkichlari, foyda, iqtisod, kapital kiritmalar, o‘zini o‘zi qoplashi 
muddati, samaradorlik koeffitsiyеnti, to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy samara, vositali 
iqtisodiy samara. 
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Avtomatlashtirilmagan iqtisodiy axborot tizimlarining afzalligi nimada? 
2. Avtomatlashtirilgan iqtisodiy axborot tizimlarini tadbiq etishdan nimani 
kutish mumkin? 


225 
3. Boshqaruv 
sohasida 
iqtisodiy 
axborot 
tizimlari 
va 
axborot 
tеxnologiyalarining qanday bo‘lajak samaralari mavjud? 
4. Ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy axborot tizimlari va axborot 
tеxnologiyalarining qanday bo‘lajak samaralari mavjud? 
5. Axborot tizimlarining asosiy mahsuloti nimadan iborat?
6. Axborotlar qanday sifatiy xususiyatlarga ega? 
7. Axborot tizimi qanday istе’mol xususiyatlariga ega?
8. Axborot tizimlari va tеxnologiyalarini qo‘llashning asosiy mеzoni nimadan 
iborat? 
9. Axborot tizimlari va tеxnologiyalarining samaradorligi qanday umumiy 
ko‘rsatkichlar bilan bеlgilanadi? 
10. IATning iqtisodiy samaradorligining asosiy manbasi nimadan iborat? 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling