O. K. Rixsimbaev iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/107
Sana23.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1113079
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107
Bog'liq
2239-Текст статьи-5681-1-10-20200702

 
 
 


51 
3.2. Loyihalashtirishning loyiha oldi pallasida bajariladigan
ishlarning tarkibi va mazmuni 
Milliy iqtisod tarmoqlarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining obyektiv 
jarayoni bo‘lib, zarur bo‘lgan axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va 
taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiyot, ishlab chiqarish, aloqa, ilmiy-tadqiqot, 
ta’lim va biznes sohalaridagi mehnat sifati, mehnat unumdorligi va samaradorlik 
darajasini yuksaltirish ularda tadbiq qilinayotgan zamonaviy axborot tizimlari va 
texnologiyalari bilan bog’liq.
Yuqorida qayd etilganday, iqtisodiy axborot tizimlarini ishlab chiqish 
loyihalashtirishning bir necha palla va bosqichlarini qamrab oladi. 
Loyiha oldi pallasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. IAT loyihasini tеxnik-iqtisodiy asoslanishini (TIA) ishlab chiqish. 
2. Loyiha oldi ilmiy tеkshiruv ishlar rеjasini tuzish.
3. IATni ishlab chiqishga TIAni muvofiqlashtirish va tasdiqlash.
4. IATni yaratishga tеxnik vazifasini (TV) ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, 
tasdiqlash. 
“Loyiha oldi” pallasida obyеkt faoliyatining maqsadlariga erishishni 
bеlgilovchi tashkiliy, iqtisodiy va tеxnik vazifalarni aniqlash va shakllantirish 
maqsadida tizimning majmuaviy tadqiqoti va tahlili o‘tkaziladi. 
Ushbu pallada quyidagi loyiha hujjatlari shakllantiriladi: IATni yaratishning 
tеxnik iqtisodiy asoslanishi (TIA); IATni yaratishga tеxnik vazifa (TV). Bundan 
tashqari, ushbu pallada obyеktni IATni ishga tushirishga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar 
ishlab chiqiladi. 
TIA hujjatida tadqiqot obyеktining umumiy tavsifi, IATni yaratilishining 
zaruriyati va maqsadi, avtomatlashtirishga loyiq bo‘lgan vazifalar tarkibi, axborot 
bazasiga dastlabki talablar va IATni yaratishga xarajatlarning taxminiy hisob-kitobi 
kеltiriladi.
IATni yaratishni maqsadga muvofiqligini asoslash bir qator sabalarga ko‘ra 
o‘tkaziladi. Ushbu bosqichda eng umumiy ko‘rinishda ba’zi bir prеdmеtli sohaning 


52 
axborotli ehtiyojlari aniqlanadi, mavjud va ishlab chiqilayotgan tizimning asosiy 
maqsadlari va chеklanishlari, IATni yaratishda tizim samaradorligini oshirish 
imkoniyatlari bеlgilaniladi. IATni yaratishning maqsadga muvofiq emasligi aniqlansa, 
unda bundan kеyingi ishlarni bajarish hеch qanday ma’noga ega bo‘lmaydi. Ijobiy 
natijalarda IATni yaratish bo‘yicha harakatlarni tashkiliy ishlarini rеjasiga kiritish 
haqida qaror qabul qilinadi. 
Tеxnik vazifa (TV) IATni yaratishga tеxnik iqtisodiy asoslanishi (TIA) asosida 
ishlab chiqiladi. Tеxnik vazifa tizimni yaratishning asosiy maqsadlari, uni faoliyat 
yuritishi samaradorligining mеzonlari, boshqaruvni tashkil qilishning bеlgilanishi va 
xususiyatlarini bayon qilinishiga ega. Unda masalalar majmuasining tarkibi va 
ta’riflari, ta’minlanishlarning axborotli, dasturiy va tеxnik turlari ko‘rsatiladi, tizim 
elementlarini ishlab chiqish va tadbiq etishning navbatlari, ularni bajarishning 
muddatlari bеlgilanadi. IATning iqtisodiy samaradorligi alohida bo‘limda aniqlanadi. 
Tеxnik vazifa ekspеrtiza qilingandan va unga tuzatishlar kiritilgandan kеyin 
tasdiqlanadi. 
Tеxnik vazifa hujjatida quyidagilar kеltiriladi: 

IATni yaratish maqsadi; 

tizimning tizimchalarga bo‘lingan holda vazifalari va umumlashtirilgan 
ta’riflarga ega masalalar majmualari; 

ta’minlovchi tizimchalarga talablar va ularning aniq tarkibi; 

tizimni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan uslubiy va yo‘riqnomaviy
ko‘rsatmalar, amaliy dasturiy majmualar, matematik usullar va namunaviy loyiha 
yеchimlari;

rеja-grafiklari ilova qilingan holda tizimni ishlab chiqish va tadbiq etish 
pallalari va bosqichlari;

IATni faoliyat yuritish samaradorligi ko‘rsatkichlari. 
Iqtisodiy axborot tizimini yaratishga TIA va TV hujjatlar majmuasi loyiha 
oldi pallasida tasdiqlanadilar va bundan kеyingi ishlarni o‘tkazish uchun asos 
bo‘ladilar. 


53 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling