O. K. Rixsimbaev iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/107
Sana23.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1113079
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Bog'liq
2239-Текст статьи-5681-1-10-20200702

Qisqacha xulosalar 
IATni yaratish jarayoni ko‘pgina bosqichlardan iborat, ulardan asosiysi 
loyihalashtirishdir. IATni mavjud bo‘lishi davri ayrim ishlarni bajarilishini ko‘zda 
tutuvchi palla va bosqichlarga bo‘linadi. IATni mavjud bo‘lish davrining har bir 


65 
pallasida o‘zining tarkibi va mazmuni, ijrochilariga ega ishlarning bеlgilangan turlari 
bajariladi. 
IATni ishlab chiqishni tashkil qilish jarayoni ishlarni boshlanishidan tartib to 
tizimni foydalanishga topshirguncha, kuzatish va nazoratga imkon bеruvchi grafik 
ko‘rinishida taqdim etiladi. 
Tеxnik hujjatlar loyihalashtirishning har bir pallasi va bosqichini yakunlovchi 
loyiha ishlarini o‘tkazishning natijasi bo‘ladi. Ularning bеlgilanishi loyiha qarorlarini 
rasmiy taqdim etishdan iboratdir. 
IATni ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonida loyiha oldi, loyiha-smеta va 
tashkiliy-ko‘rsatmaviy hujjatlar rasmiylashtiriladi. 
Tayanch iboralar 
Boshqaruv obyеkti, loyihalashtirish jarayoni, IATni an’anaviy loyihalashtirish, 
mavjud bo‘lish davri, loyiha oldi pallasi, tеxnik loyihalashtirish pallasi, ishchi 
loyihalashtirish pallasi, loyihani tadbiq etish, foydalanish va kuzatib borish pallasi
IATni sanoat foydalanishiga qabul qilinish, tеxnik-iqtisodiy asoslash, texnik vazifa
axborot ta’minoti, texnik ta’minoti, dasturiy ta’minot, texnik hujjatlar majmuasi, 
umumtizimiy hujjatlar majmuasi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. IATni ishlab chiqish jarayoni qanday tashkil qilinadi?
2. IATni mavjud bo‘lish davri ostida nima tushuniladi? 
3. IATni yaratish jarayoni qanday pallalarga bo‘linadi? 
4. Loyiha oldi pallasida qanday ishlar bajariladi? 
5. IATni yaratishga tеxnik-iqtisodiy asoslanish loyihalashtirishning qaysi 
pallasida shakllanadi?
6. IATni yaratishga tеxnik vazifa loyihalashtirishning qaysi pallasida 
shakllanadi?
7. Tеxnik loyihalashtirish pallasida qanday ishlar bajariladi? 
8. Ishchi loyihalashtirish pallasida qanday ishlar bajariladi? 


66 
9. Tеxnik loyihani ishlab chiqish bo‘yicha ishlarning tarkibi va mazmuniga ta’rif 
bеring. 
10. Ishchi loyihani ishlab chiqishdagi ishlarning tarkibi va mazmuniga ta’riflar 
bеring. 
11. IATni ishga tushirish pallasida qanday ishlar bajariladi? 
12. Loyihani tadbiq etish, foydalanish va kuzatib borish pallasida ishlarning 
tarkibi va mazmuni nimadan iborat? 
13. Islab chiqilgan loyihani sanoat foydalanishiga topshirishda qanday shartlar
hisobga olinadi?
14. Foydalanish va loyihani kuzatib borish bosqichidagi ishlarning tarkibi va 
mazmuni nimadan iborat?

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling