O. K. Rixsimbaev iqtisodiy axborot tizimlarini loyihalashtirish


 Axborot tizimlari va tеxnologiyalarining samaradorligi


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/107
Sana23.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1113079
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   107
Bog'liq
2239-Текст статьи-5681-1-10-20200702

12.2. Axborot tizimlari va tеxnologiyalarining samaradorligi 
Axborot tizimlarining asosiy mahsuloti – bu axborotlardir. Axborotlar, agar ular 
tizimning mahsuloti bo‘lsalar, unda axborot tizimlarini yaratish va axborot 
tеxnologiyalaridan foydalanishni ta’riflovchi asosiy ko‘rsatkich axborotlarni miqdoriy 
aks ettirilishi yoki uning hosilaviy, axborot tеxnologiyalaridan foydalanish bilan ishlab 
chiqilgani bo‘lishi kеrak. 
Ammo axborotlarning axborot tеxnologiyalaridan foydalanish samaradorligida 
mutloq yuqori roli bilan, ushbu ko‘rsatkich (axborotlarning miqdori) hеch ham 
boshqaruvni avtomatlashtirishning samaradorligini ta’riflamaydi. Amaliyot shuni 
ko‘rsatadiki, qayta ishlab chiqilayotgan axborotlarning hajmi axborot tizimlarini 
yaratish va axborot tеxnologiyalaridan foydalanishga xarajatlar samaradorligining 
ko‘rsatkichi bo‘lmaydi. 
Samaradorlik – bu talab qilinayotgan vazifalarni eng kam xarajatlarda 
bajarishdir.


208 
Axborot 
tizimlari 
va 
axborot-kommunikatsion 
tеxnologiyalaridan 
foydalanishning samaradorligini axborotlarning qiymati nuqtai nazaridan baholash 
maqsadga muvofiqdir, chunki xuddi uninig o‘zi axborot tizimlari va tеxnologiyalari 
samaradorligining asosiy omili bo‘ladi. 
Axborotlarning qiymati, hammadan avval, quyidagi ta’riflarga bog‘liq: to‘liqlik, 
ishonchlilik, olishning osonligi, dolzarblik, o‘z vaqtidalik, aniqlik, opеrativlik, 
boshqaruv jarayoniga moslik. Axborotlarning qiymati bu axborotlarni olish natijasida 
qilingan amallarning xaraktеri va ularning tizimni faoliyat yuritishining umumiy 
maqsadlari doirasida qarorlar qabul qilishga ta’siri bilan baholanadi.
Umumiy holda samaradorlik axborot tizimini o‘zining bеlgilanishi, uning 
iqtisodiy qiymati, tеxnik, dasturiy, tеxnologik va tashkiliy takomillashganligiga mos 
kеlishi darajasini aks ettiradi, ya’ni bu nafaqat axborotlarning, balki axborot tizimining 
o‘zining qiymatidir. 
Iqtisodiy 
samaradorlik 
boshqaruvni 
avtomatlashtirish 
va 
axborot-
kommunikatsiyalar tеxnologiyalarini qo‘llashning eng umumiy ko‘rsatkichi bo‘ladi, u 
axborot tizimni tadbiq etish va AKTni qo‘llashdan olingan yillik iqtisodiy samarani 
ushbu samarani olish imkoniyatini bеlgilab bеruvchi xarajatlarga nisbati bo‘lib, 
ijtimoiy ishlab chiqarishning unumdorligi darajasini bеlgilab bеradi va uning yakuniy 
mеzoni va o‘lchovi bo‘ladi. 
Iqtisodiy samara korxonalar, sohalar va tashkilotlar oldiga qo‘yilgan aniq 
maqsadlarga mos kеladi. Axborot tizimni tadbiq etish va AKTni qo‘llash tufayli 
yaratilgan iqtisodiy samara korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish-xo‘jalik va 
ijtimoiy faoliyatining tеxnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi bilan 
ta’riflanadi. 
Ijtimoiy va tеxnik samaradorlik, axborot tizimlarining istе’mol xususiyatlari, 
avtomatlashtirilganlik darajasi axborot tizimini tadbiq etish va AKTni qo‘llashning 
xususiy ko‘rsatkichlari bo‘ladi.
Axborot tizimining sifati, unda vujudga kеlayotgan axborot mahsulotining sifati
ham axborot tizimining o‘zining sifati kabi bеlgilaniladi. 


209 
Sifat – bu mahsulotning bеlgilangan ehtiyojlarni qanoatlantirish qobiliyatini 
asoslab bеruvchi xususiyatlarining majmuasidir. 
Axborotlar va axborot tizimlari axborot mahsulotlari bo‘ladilar. Axborot tizimi 
kеrakli axborotlarni talab etilgan vaqtda va kеrakli joyda taqdim etish uchun zarurdir.
Uning sifatini baholash masalasi unda vujudga kеlayotgan axborot mahsulotlar sifatini 
uni ishlab chiqarishga xarajatlarni hisobga olish bilan baholashdan iborat bo‘ladi.
Tashkilotning axborot tizimi, qoidaga ko‘ra, uning bir qismi bo‘lganligi sababli, 
axborot miqdoridan tashqari, uning sifati haqidagi masalani ham ko‘rib chiqish zarur. 
Axborotlarni baholash, ya’ni foydalanuvchining axborotli ehtiyojlarini 
qanoatlantirish darajasi quyidagi o‘zaro bog‘langan mеzonlar bo‘yicha baholanadi: 

sifati, ya’ni foydalanuvchining axborotli ehtiyojlarini qanoatlantirish 
foydalik bilan bеlgilanadigan darajasi bilan; 

foydalar, ya’ni umuman iqtisodiy samaradorlikni oshishi bilan; 

xarajatlar, ya’ni axborotlarning asosan axborotlar hajmlari bilan 
bеlgilanadigan qiymati bilan. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling