О liy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch Davlat univеrsitеti San’atshunoslik fakulteti “Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” yònalishi 201-guruh talabasi Nuniyozova Shoxidaning Chizmachilik fanini o'qitish metodikasi fanidan
Download 0.98 Mb.
|
Shoxida dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- X.Yangi dars bayoni
VII.Darsning rejasi:
1.Tashkiliy qism -2 m. 2.Kirish so’zi- 2 m 3.Uy vazifasini tekshirish- 11 m 4.Yangi mavzu bayoni -20 m. 9.Mustaxkamlash -4 m. 6.Darsning xulosasi – 4 m. 7.Uyga vazifa – 2 m VIII.Darsning borishi. 1.Tashkiliy qism. A)O’quvchilar bilan salomlashish.B)Navbatchining axboroti.V)Davomatni aniqlash. IX.Uy vazifasini va o’tilgan darsni umumlashtirish. X.Yangi dars bayoni: Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan har qanday narsa yoki narsalar to‘plami umumiy nom bilan buyum deb ataladi. Buyumlar detallar, yig‘ish birliklari, kompleks va komplektlarga bo‘linadi. Detal – bir xil nomdagi va bir xil markali materialdan (yig‘ish jarayonlari qo‘llanilmagan) yasalgan bo‘ladi. Yig‘ish birligi– tayyorlovchi korxonalarda tarkibiy qismlari o‘zaro yig‘ish jarayonlari bilan biriktiriladigan buyumlar. Kompleks – tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlari bilan birlashtirilmagan, ammo bir-biriga bog‘liq ekspluatatsion vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan ikki va undan ortiq buyum. Komplekt – tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlari bilan birlashtirilmagan, biroq umumiy yordamchi vazifalarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq buyum to‘plami. Masalan, ehtiyot qismlar to‘plami. Buyumlarning tarkibi va tuzilishi konstruktorlik hujjatlari bilan aniqlanadi. Standart detallar va o‘zaro almashuvchanlik. Texnikaning barcha sohalarida qo‘llaniladigan bir xildagi detallar ko‘plab uchraydi. Ularga turli boltlar, shpilkalar, vintlar, gaykalar, shaybalar, shponkalar, shtiftlar, prujinalar, parchin mixlar, burama mix (shurup)lar, turli vallar, o‘qlar, relslar, prokatlar, qistirma kabilar kiradi. Bunday detallar ishlab chiqarishning turli sohalarida qo‘llanilgani uchun ular standartlashtirilgan. Har bir buyum uchun standart joriy qilingan. Masalan, boltni olsak, tatbiq qilinadigan joydagi teshikning diametri va detallarning qalinligi ma’lum bo‘lsa yetarli. Standart asosida joriy qilingan jadval bo‘yicha kerakli diametr va uzunlikdagi tayyor boltni jamg‘armadan olib ishlatiladi. Standartlashtirish kundalik hayotimizdagi bir turdagi buyumlarning detallarini bir-biri bilan almashtirishga imkon beradi. Masalan, bir xil markadagi avtomobillarning detallari bir-biriga to‘g‘ri keladi va buzilganini darhol almashtirishga imkon bo‘ladi. Hozirgi ishlab chiqarishni avtomatlashtirish jarayoni kuchaygan davrda har bir detal va buyumlarni aniq standart talabiga ko‘ra bir-biri bilan almashtirishni joriy etish talab qilinadi. Shuning uchun mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni o‘ta aniqlikni talab qiladi. Shundagina buyumlarni o‘zaro almashtirishda qiyinchilik tug‘ilmaydi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling