Tadqiqot metodlari:
Tasviriy san’at ta’limining uzluksizligini ta’minlash masalasiga qaratilgan “Maktab-institut” tizimidagi taqvimiy-mavzuli rejalar va o‘quv dasturlari mazmunining nazariy tahlili.
Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri bo‘yicha “Maktab-institut” tizimida tasviriy san’at ta’limining uzluksizligini ta’minlashning amaliy tahlili.
Umumta’lim maktab o‘quvchilarining atrof muhitni idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali yo‘llarini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borish.
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, unda:
“Maktab-institut” tizimidagi o‘quv jarayonida tasviriy san’at fanining o‘kitilishi.
“Maktab-institut” tizimida tasviriy san’at mazmuni asosida ta’lim uzluksizligini ta’minlashning uslub va shakllari tatbiq etildi.
Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri bo‘yicha “Maktab-institut” manzara rangtasviri ishlash orqali tasviriy san’at ta’limining uzluksizligini ta’minlashning mazmuni va metodikasining o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, “Maktab-institut” tizimi mazmuni, tashkil etilgan “Maktab-laboratoriya” maydonchalarida manzara rangtasviri ishlash orqali tasviriy san’at ta’limining uzluksizligini ta’minlashning samarali yo‘llari ko‘rib chiqildi, uning mazmunidan o‘quv jarayonida foydalanish mumkin.
I BOB. TASVIRIY SAN’AT TA’LIMIGA TA’LIM KLASTERINI TATBIQ ETISH ZARURATI
1.1Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at fanini o‘qitilishining nazariy asoslari.
Bugungi kunda yosh avlodga ta’lim tarbiya berishda o‘quvchilar ongiga milliy g‘oyaning asosiy yo‘nalishlarini singdirish badiiy ta’lim vositalaridan samarali foydalanish, o‘quvchilarning ma’naviy siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirish bilan birga ularda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at fanidan ta’lim berish jarayonida ma’naviyati yuksak, ijodkor shaxslarni tarbiyalash maqsad qilib olingan. Maktab yoshi nafaqat obrazli fikrlash, balki, ijodiy faoliyatning asosini tashkil etuvchi tasavvur, ruhiy kechinmalar jarayonining rivojlanishi uchun ham nisbatan qulay davr ekanligi tasdiqlangan. Shuning uchun har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, bolalar ijodkorligini rivojlantirish masalasi – uzluksiz ta’lim jarayonining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ijodiy jarayon - bu shaxsiyatni tarbiyalashdagi asosiy qurilmalardan biridir. Uning rivojlanishi natijasida narsalarni bilishga bo‘lgan qiziqish ortadi, intellektual (aql idrokning oshishi) rivojlanish, mustaqil fikrlash darajasi, vazifani bajarishda izlanishga qiziqish, bilimga chanqoqlik, o‘ziga ishonch, qat’iyatlilik kabi xislatlar shakllanadi.
Shaxsdagi ijodkorlik xususiyatlarini qanday tarbiyalash mumkin?, degan muammo bugun paydo bo‘lgan emas. Azaldan ijodkorlikning boshlanishi bo‘lgan insondagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi bevosita bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan pedagoglarni ham, ilmiy tadqiqotchilarni ham birdek qiziqtirib keladi. Ilmiy nazariy bilimlar bazasidagi badiiy ijodkorlikda inson shaxsiyati, borliqqa sub’ektiv yondashish, ma’naviy izlanish qonuniyatlarni, kamolotga yetishda yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.
Tasviriy san’atda ijodning o‘rni katta ahamiyatga ega, shuning uchun o‘quvchilarning badiiy jihatdan rivojlanishida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish eng asosiy vazifalardan bo‘lib qoladi. Psixolog va pedagog olimlar: B. G. Ananev, V. Bakushenskiy, L. S. Vigotskiy, Ye. I. Ignatev, A. G. Kovalev, S. L. Rubinshteyn, B. M. Teplov va boshqalarning ilmiy izlanishlarida bu haqda ko‘plab fikrlar bildirilgan. A. G. Kovalev tasviriy faoliyatdagi qobiliyatlar tarkibiy qismini ko‘rib chiqar ekan, bu qobiliyatlarning yetakchi tarkibiy qismiga - badiiy tasavvur, tayanch qismiga - idrok qilish (yaxlit ko‘ra olish,shakl, hajm, rang nisbatlari), tasvirlash faoliyati uchun kerak bo‘lgan hissiy kayfiyat qobiliyatini belgilaydi.
B. M. Teplov shaxsiyatning har xilligini tadqiqot qilar ekan, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari shakllanishi uchun ijod qilishga bo‘lgan intilishning rivojlanish darajasi yuksak bo‘lmog‘i zarur deb hisoblaydi.
Tasavvur va ijod o‘rtasidagi bog‘liqlik muammolari yirik psixologik olim L.S.Vigotskiy izlanishlarida o‘z aksini topgan bo‘lib, uning ta’kidlashicha tasavvur bu mavjud tajriba asosida yangi obrazlar yaratishga olib keladigan murakkab psixologik jarayondir.
Rubinshteyn badiiy ijod jarayonini tahlil qilar ekan, rassom o‘ylagan narsasining amalga oshishi odatda uzoq yoki qisqa vaqt ichida to‘plash va o‘ziga singdirib olish, yoki har xil obrazli taasurotlarni tanlab olishni talab qiladigan jarayondir deydi. Obrazni o‘ylab qo‘yilgan fikrga, g‘oya va badiiy asar kompozitsiyasiga bo‘ysundirish uchun, kuzatish asosida to‘plangan taasurotni qayta ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Buning uchun tasviriy san’at faoliyati bilan shug‘ullanayoyotgan shaxsda ijodiy tasavvur kuchli rivojlangan bo‘lishi kerak.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |