O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Geogelmintozlar
1. Askaridoz, trixotsefalyoz. Askaridoz mikroo’chog’ining haqiqiy va yolg’on o’choqlari farqlanadi. Askaridaning rivojlanishi uchun sharoit bo’lgan joylar: bolalar bog’chasi, maktab, shaxsiy hovlisi bo’lgan joylar haqiqiy o’choqlar hisoblanadi. Askaridozli bemor bo’lsa-yu, lekin askaridaning rivojlanishi uchun sharoit bo’lmasa, u yolg’on o’choq hisoblanadi. O’choqlar intensivligiga qarab ham bo’linadi. Intensiv o’choq deb, zararlanish 30% va undan ortiq bo’lgan aholi punktlariga aytiladi. 20 % zararlanish bo’lgan joylar o’rtacha intensivlikdagi o’choqlar hisoblanadi. Askaridoz o’chog’idagi ishni sanitariya-epidemiologiya tekshiruvi va aholi punktlarida pasportizatsiya ishlari bilan boshlash kerak, joylarning sanitariya holatini aniqlab sog’lomlashtirish ishlari olib borish kerak. O’choqda doimiy nazorat o’rnatilishi kerak, har kvartalda bir marta pasportizatsiya o’tkazish kerak. O’choqni 3-6 yilgacha kuzatib turish lozimdir. Aniqlangan bemorlarni tezda degelmintizatsiya qilish va DSENM kuzatuvi ostida barcha aholiga sanitariya chora-tadbirlar va profilaktik davolash o’tkazilishi kerak. Intensiv o’choqlar, ya’ni zararlanish 80 % va undan yuqori bo’lgan joylarda askaridozga qarshi kurash 3 bosqichdan iborat. 1-bosqich. O’choqda hamma aholini yilda 2 marta degelmintizatsiya, birinchisi mavsum boshida (bahorning oxiri yozning boshlanishi) o’tkaziladi, ikkinchisi esa zararlanish mavsumining oxirida (kech kuz, qishning boshlanishi) qilinadi. Mavsum yakunida o’tkazishdan maqsad, mavsumda zararlanganlari askaridadan ozod qilishdan iborat. Zararlanish 30% dan kamayganda ikkinchi bosqichga o’tiladi. O’rtacha intensivdagi o’choq uchun bu bosqich 1 -o’rinda turadi. 2-bosqich. Bunda gijjalardan tozalash faqat kichkina epidemik o’choqlarda, ya’ni 2-3 yil ichida koprologik tekshirishda hech bo’lmaganda bitta zararlangan odam topilgan aholi punktlaridagina o’tkaziladi. Zararlanish 3-5%gacha pasayganda uchinchi bosqichga o’tiladi. 3-bosqich. Bu bolalar jamoalari va boshqa aholi guruhlarini tekshirish, rejali ravishda oilalarni tekshirish, antisanitariya sharoitda yashovchilar va tibbiyot muassasalariga murojaat qilganlarni tekshirish orqali askarida bilan zararlangan odamlarni topish, zararlanganlar aniqlanishi bilan tezda gelmintlardan tozalash o’tkaziladi. Aholi orasida sanitariya-oqartuv ishlari olib boriladi. Shifoxona va ambulatoriyaga tushgan askaridozga shubha qilingan bemorlar klinik ko’rsatma asosida tekshiriladi. Parnik (issiqxona), sabzavotchilik xo’jaligi, konserva zavodlari, sabzavot baza va magazinlar tozalik inshootlari ishchilari, yerni o’g’itlash bilan Shug’ullanuvchilarni, bog’cha bolalari, boshlang’ich sinf o’quvchilari, maktab, internat, bolalar uyi, chaqaloqlar uyida tarbiyalanuvchilarni har yili askaridozga tekshirib turish kerak. Shuningdek 10% dan ortiq zararlangan aholi yashash joylarida ham hammani har yili tekshiriladi. 1-10% zararlangan joylarda aholini 2 yilda bir marta tekshiriladi. 1. Ankilostomidoz. Bunda endemik hududlarda yashovchilarning hammasi bir yilda bir marta tekshiriladi. Shaxta va yer ostiga ishga kirishdan oldin ishchilar tekshiriladi, har yilda 1 marta. Tekshiruv usullari: Fyulleborn yoki Kalantaryan, Mori va Xoradening o’zgartirilgan shakldagi usullari qo’llaniladi. 2. Strongiloidoz. Klinik ko’rsatma bo’yicha shifoxona va ambulatoriya bemorlari (strongiloidozli) 3 marta 1-2 kun oralab tekshiriladi. Epidemik ko’rsatma bilan bemorning oilasi a’zolari va bemor bilan muloqot qiluvchi qo’ni-qo’shnilarni (qishloqda 20-30 tagacha qo’shni hovlilar) tekshiriladi. Strongilioid lichinkalari rivojlanishi uchun yaxshi sharoit bo’lgan joylarda ishlovchilar, shaxta ishchilari, tunnel ishchilari, yer qazuvchilar ishga kirishdan oldin va yiliga 1 marta tekshiriladi. Tekshirish usullari: Berman usuli yoki uning o’zgartirilgan shakldagi usuli. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling