O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet144/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Kontagioz gelmintozlar

1. Enterobioz. Bunda bolalarni va bolalar muassasasi xodimlari, boshlang’ich sinf o’quvchilari yiliga 1 marta tekshiriladi. Yotoqxona xodimlari, sport guruhi a’zolari, basseynda suzuvchilar ishga kirishdan oldin tekshiriladi. Enterobioz bilan zararlanishga tekshirish 3 marta 2-3 kun oralab o’tkaziladi. Agar birinchi tekshirishdayoq bolalar guruhlarida 15 % dan ortiq ostrisali bolalar topilsa tekshirish to’xtatiladi va hamma bolalar davolanishi kerak.


Tekshirish usullari: Enterobiozda axlatni mikroskopik tekshirish, so’rash, pereanal qirma (soskob) usuli.
O’choq va mikroo’choqlar sog’lomlashganligining ishonchliligini tekshirish. Kontagioz gelmintozlarda bolalar muassasasida, umumiy ovqatlanish korxonalarida yiliga 2 marta gijjalar tuxumiga tekshirish o’tkaziladi. Sog’lomlashtirish chora-tadbirlarni o’tkazilishidan oldin zararlanish yuqori bo’lgan joylardagi bolalar muassasalari va boshlang’ich maktabning biror guruhi har yili tekshirib turilishi kerak. Sanitariya-gigiyenik chora-tadbirlar bilan bir vaqtda medikamentoz davolash ham o’tkaziladi. Xonalarning pollari, eshik va uning tutqichi, stullar, unitazning devorlari, bolalar gorshoklari har kuni yuvilishi kerak. Binoni tozalashda ishlatilgan cho’tkalar, supurgi va chelaklarni qaynoq suv bilan yuvib tozalanadi, lattalar esa qaynatiladi. Davolashning birinchi va oxirgi kunlari binoni yaxshilab tozalash kerak, qaynatib bo’lmaydigan narsalar: gilam, jun buyumlar ko’rpa-yostiq kabilarni toza nam latta bilak artiladi, ustiga nam material qo’yib dazmollanadi va changyutgich bilan tozalanadi. O’yinchoqlarni qaynoq suvda yoki sovun bilan yuviladi.
Yotoq anjomlarini alohida saqlash kerak. Tish cho’tkalarini yopiq joylarda saqlash kerak. Bolalar jamoalarida enterobiozdan zararlanishni aniqlash va sog’lomlashtiruvchi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish natijalari haqida xizmatchi xodimlarga tuShuntirish ishlari o’tkaziladi.
Ota-onalar bilan enterobiozning oldini olish, oilada sanitariya-gigiyenik tartibini saqlash haqida suhbatlar uyushtirilishi kerak va oiladagi enterobiozdan zararlangan bolalarni aniqlashni tashkil etish lozim. Bolalar muassasalarining tibbiyot xodimi va tarbiyachisi bolalarni shaxsiy gigiyenaga qanday rioya qilayotganliklarini doimo kuzatishlari kerak.
1. Gijjalar tuxumini qalin surtmali Kato uslubi bilan aniqlash. Kato uslubi qalin surtmaga glitserin tomchisi tomizib va uni yashil malaxitli kraska yordamida bo’yash usuli bilan gijjalar tuxumini aniqlashga asoslangan. Kato usuli uchun kerak bo’ladigan reaktivlar:
1. 2% yashil malaxit suvli eritmasi
2. Glitserin
3. 6% fenol eritmasi
4. Kato selofanli qoplagich plastinkasi
Kato aralashmasi: 6 ml 3% yashil malaxit suvli eritmasi 500ml glitserin, 300 ml 6% fenol eritmasi.
Kato plastinkasi: suv o’tkazmaydigan selofandan bo’lib va uni 20-40mm kattalikda qirqish lozim. Qirqilgan plastinkalarni bir-birining ustiga qo’yib Kato aralashmasiga solib qo’yiladi (3-5ml Kato aralashmasiga 100 ta plastinka).
24 soat o’tgandan so’ng plastinkalarni laboratoriya ishi uchun ishlatsa bo’ladi. Tayyor plastinkalarni og’zi yopiladigan idishda xona haroratida 6 oygacha saqlash mumkin.
Aniqlash usuli: 100 g. najasga suv qo’shmasdan kerak bo’lsa predmet oynachasiga boshqa biror bir suyuqlik tomizish yo’li bilan va har bir najasdan qo’yib chiqiladi va uning ustidan esa Kato plastinkasi bilan qoplab plastinka ustidan yassi rezinka bilan najas oynachaning hamma joyiga bir xil joylashishi uchun bosiladi. Tayyor bo’lgan preparatlar xona haroratida tiniqlashgunga qadar va undan so’ng mikroskop yordamida har bir preparat ko’zdan kechiriladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling