O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Epidemiologiyasi
Bezgak tabiiy endemik infeksiya hisoblanadi. Bu kasallik anofeles chivinlarning yashashi uchun qulay bo’lgan sharoitda uchraydi. Er sharining 63°S shimoliy va 30-32° janubiy kengligidagi hududlarda bezgak kasalligi ko’p tarqalgan. Bu hududlarda harorat + 16°S past emas. Bizga ma’lumki, bezgak qo’zg’atuvchilari +16°S haroratdan past muhitda chivin organizmida rivojlana olmaydi. Bezgak kasalligining tarqalishi aholining yashash sharoitiga, kasallikka qarshi kurash chora-tadbirlarning qanday yo’lga qo’yilganligiga bog’liq. Yaqin kunlargacha bu kasallik keng tarqalgan edi. JSST ning bergan ma’lumotiga ko’ra XX asrning 60-yillarida yiliga 250 mln.odam kasallangan, ulardan 2,5 mln. kishi o’lgan. 1955 yil JSST ning 8-Assambleyasida bezgak kasalligining umuman kamayganligini e’lon qilindi. Maxsus komitet tomonidan ketma-ket keluvchi 4 bosqichli dastur ishlab chiqildi. 1 bosqich - tayyorgarlik ko’rish. 2 bosqich - kasallik tarqalishining oldini olish va uni kamaytirish. 3 bosqich - erishilgan natijalarni mustahkamlash (konsolidatsiya) 4 bosqich - bezgak kasalligining bir joydan ikkinchi joyga tashib o’tkazilishini keskin yo’qotish. Ko’pgina mamlakatlarda bu borada katta yutuqlarga erishilgan: AQSH, barcha Evropa mamlakatlari, Yaqin va Uzoq Sharqda kasallik batamom yo’q qilingan. Biroq Tropik Afrika, Lotin Amerikasi, Janubiy-sharqiy Osiyoda vaziyat ancha jiddiyligicha qolmoqda. Afrika mamlakatlarida bir yilda 1 mln. aholi bezgakdan nobud bo’lmoqda. Olib borilayotgan chora-tadbirlarning biroz susayishi natijasida ayrim hududlarda bezgak ko’tarilishi kuzatiladi. Bezgakda kasallik manbai bo’lib, bemor odam va parazit tashuvchilar hisoblanadi. Bezgak kasallik tashuvchisi Anopheles chivini hisoblanadi. O’zbekistonda chivinlarning 9 turi mavjud. Bulardan A.matsulipenis eng ko’p uchraydi. Odam qoni bilan bu chivinlarning faqatgina urg’ochisi oziqlanadi. Ular kechki va tungi paytlarda odamlarga hujum qiladilar. Qonni hazm qilish bilan birga urg’ochi chivinda tuxum rivojlanadi. Bu jarayonning qay darajada tez ketishi tashqi muhit haroratiga bog’liq +16°S haroratda 7 kun, +20°S da 4 kun, +25-30°S da 2 kun. Shunday qilib harorat qanchalik yuqori bo’lsa qonning hazm bo’lishi Shuncha tez bo’ladi va chivin tez-tez qon so’radi. Bu esa bezgak bilan zararlanish darajasini oshiradi. Chivinlar kuzning boshlanishiga kelib qon so’rishdan to’xtaydi va yog’li tanachaga aylanib oladi, shu ahvolda bemalol qishlay oladi. Bunday chivinlar qish bo’yi toza qon so’rmay, yerto’lalarda, sabzavot saqlanadigan maxsus joylarda yashaydilar. Bahor kelishi bilan bu chivinlar yana qon so’radilar va tuxum qo’yadilar. Tuxum qo’yish uchun eng qulay joy quyosh nuri yaxshi tushib turadigan, turg’un, atrofi o’simliklar bilan o’ralgan suv manbai hisoblanadi. Urg’ochi chivinlar 1 martada 100-2500 tagacha tuxum qo’yadi. Lichinkalar suvning yuza qavatida muallaq holatda turgan moddalar bilan oziqlanadi. Shuning uchun lichinkalarni yo’qotish maqsadida suvning yuza qatlamiga zaharli moddalar sepiladi. G’umbak ovqatlanmaydi. Uning orqasida turgan kutikula takomillashadi va undan yetuk chivin ajralib chiqadi. Suvdagi bu jarayonlar +100S va +35°S haroratda sodir bo’ladi. +16-19°S da bu jarayon 30 kun, +20-22°S da 18 kun, +24-270S da 14 kun davom etadi. Bezgak chivinining boshqa chivinlardan farqli belgilari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Bezgak kasalligining qanchalik ko’p yoki kam bo’lishi qo’zg’atuvchining ko’pligiga, tashuvchi chivin bilan aholi o’rtasidagi aloqaning qay darajadaligiga bog’liq. Anofelogen suv manbaiga yaqin joyda ishlash bezgak kasalligining keskin ko’payishiga olib keladi. Organizmida parazit tutuvchi, qon bilan zararlangan chivin, sporozoitlari yetilgunga qadar xavfsiz hisoblanadi. Sporozoitlarning yetilishi uchun, harorat +160S dan past bo’lmasligi kerak. Shundan past haroratda bezgak kasalligi kam uchraydi. Issiq iqlimli mamlakatlarda bu kasallik uzluksiz davom etadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling