O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Xo’jayin organizmining epidemik jarayondagi xususiyatlari


Download 1.27 Mb.
bet6/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Xo’jayin organizmining epidemik jarayondagi xususiyatlari
Kasallanishga moyillik xo’jayin organizmning parazitlar uchun yashash muhiti bo’la olish va ularning parazitlik qilib yashashiga javoban patologik va immunologik reaksiyalar bilan javob qila olish xususiyatidir. Ma’lum turdagi kasallik qo’zg’atuvchilariga nisbatan aholi orasidagi moyillik har xildir. Bundan tashqari kasallikning kechishi va og’ir-engilligi ham turlicha bo’ladi (engil, o’rtacha, og’ir). Kasallik qo’zg’atuvchisini tashuvchilik ham, kasallikning yashirin davri ham turlicha bo’ladi. Odamlar populyatsiyasi kasallikka moyilliklari bo’yicha geterogendirlar (turlichadir). Ular kasallikka nisbatan chidamliligi jihatdan genotipik xarakterga ega bo’ladi. Bir turdagi kasallikka juda moyil bo’lgan odam boshqa turdagi kasallikni yuqtirmasligi mumkin.
Har bir ma’lum turdagi kasallik qo’zg’atuvchilari organizmning ma’lum a’zo va to’qimalarida yashashlaridan tashqari bir populyatsiyadagi odamlardan ma’lum kishilargagina yuqadi. Bu xususiyat odamlarda interferon hosil bo’lishiga, qon zardobi tarkibidagi immunoglobulinlarga, qon guruhiga va boshqa omillarga bog’liqdir.
Immunitet - organizmning hayoti davomida hosil qiladigan kasallik yuqtirmaslik xususiyatidir. Bu xususiyat irsiyat qonunlari bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zi organizmlarda immunitet kuchli va uzoq davom etadigan bo’lsa, ba’zilarida kuchsiz va qisqa muddatli bo’ladi. Xo’jayin organizmi populyatsiyasining moyillik darajasi bo’yicha genotipik va fenotipik geterogenligi, shu populyatsiyalarda parazitlik qiluvchi kasallik qo’zg’atuvchilarning turli sharoitlarda yashashiga va turli xususiyatlar kasb etishiga olib keladi. Ishlab chiqarish usuliga bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlar yig’indisi va bundan kelib chiqadigan ma’lum ijtimoiy elementlar epidemik jarayon rivojlanishida ishtirok etuvchi va sharoitga qarab bu jarayonni tezlashtirishga yoki pasaytirishga ta’sir qiluvchi omil ijtimoiy omil deb ataladi.
Ijtimoiy omilning epidemik jarayonga ta’siri to’g’risidagi ta’limotga birinchi bo’lib L. V. Gromashevskiy asos soldi.
Bu ta’limotga asosan, epidemik jarayonning rivojlanishdagi sifat va miqdor o’zgarishlari bu jarayonni harakatga keltiruvchi ijtimoiy, iqtisodiy va tabiiy omillarning ko’p yoki kamligiga bog’liq bo’ladi. Ya’ni epidemiya xususiyatlari bo’yicha o’zgarmas bo’lgan kasallik qo’zgatuvchilarining zararlangan organizmdan zararlanmagan organizmga o’tishini kuchaytiruvchi ijtimoiy va tabiiy omillar ta’siri ostida rivojlanadi.
Ijtimoiy va tabiiy omillar epidemik jarayonga faqatgina tezlashtiruvchi yoki susaytiruvchi ta’sir qilib qolmay, balki bu jarayonning ichidan o’z-o’zini boshqarishini ham ta’minlaydi.
Tabiiy omil - tashqi muhitdagi abiotik va biotik elementlarning uzluksiz yoki biron-bir ijtimoiy muhit orqali epidemik jarayonga tezlashtiruvchi yoki susaytiruvchi sifatidagi ta’siridir.
Shunday qilib, biologik, ijtimoiy va tabiiy omillar epidemik jarayonni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi.
Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotning ikkinchi qismi uning rivojlanish mexanizmidir. Ya’ni epidemik jarayon qanday rivojlanadi?



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling