O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet62/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Axborot uchun ma’lumot

Epidemiologik nazorat - bu DSENM faoliyatining epidemiyaga qarshi kurash tizimi hisoblanib, nazariy, uslubiy, tashkiliy prinsiplari asosida epidemiologik holatni dinamik baholaydi, kasallikning oldini olish va uni kamaytirish, ba’zi yuqumli kasalliklarni yo’qotishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.


Epidemiologik nazoratning nazariy asosi - bu epidemiologik holatni o’rganish hisoblanib, birinchi navbatda o’z-o’zini boshqarish nazariyasi hisoblanadi. Bu nazariy epidemiologik prognozda qo’zg’atuvchini epidemik tarqalishida parazit populyatsiyasida hosil bo’ladigan ichki qayta ko’rishini aniqlab beradi.
Epidemiologik nazoratning uslubiy asosi epidemiologik usul­lar, epidemiologik tahlil va epidemiologik prognozdir. Bu nazariya kasallanish strukturasini, epidemiologik prognozni o’z vaqtida aniqlashni va Shu bilan birga o’tkaziladigan chora-tadbirlarning sifatini va epidemiyaga qarshi kurash tizimini baholab beradi.
Epidemiologik nazoratning tashkiliy asosi - hozirgi zamon nazariyalarini boshqaruvchi mutaxassislar tomonidan olib boriladi, epidemiyaga qarshi kurash ishlari epidemiyaga qarshi kurash tizimiga asoslanadi.
Epidemiologik nazorat bu DSENM faoliyatining epidemiyaga qarshi olib boradigan chora-tadbiri hisoblanadi. Boshqaruv tizimida epidemiologik diagnostika. tashkiliy va uslubiy nazorat funksiyalari tafovut qilinadi. Epidemiologik nazoratni tashkillashtirilishi epidemiolog vrachlarning malakasiga bog’liq bo’ladi. Epidemiologik tahlilning bosqichlari. Epidemiologik tahlilning asosiy turlaridan biri retrospektiv epidemiologik tahlildir (REA), bunday tahlil doim yilning oxirida o’tkazilib boshqa yillar bilan solishtiriladi.
Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalari ushbu hududda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar hisobot yilida qanday olib borilganligini ham baholaydi hamda hududda kasallikning tarqalish xususiyatlarini o’rganadi.
Retrospektiv epidemiologik tahlilning ikkinchi bosqichi epidemiyaga qarshi kurash rejasini tuzish hisoblanadi.
Epidemiologik tahlilning uchinchi bosqichi bu epidemiologik nazorat bo’lib quyidagicha bajariladi:
- epidemiyaga qarshi rejalashtirilgan chora-tadbirlarni siste­matik baholash;
- epidemiyaning rivojlanishida ijtimoiy va tabiiy sharoitlarni ro’yxatga olish;
- kasalliklarni epidemiologik kuzatish;
- aniqlangan +asallik h/disalarini epidemiologik 4ekshirish.
Kasallik hodiqalarini epidemiologik baholash operativ tahl)lda olingan materiallargaasoslanib birinchi navbatda epidemiyaning rivojlanishida tabiiy va ijtimniy omillarnang o’zgarishi epide-iyaga qarshi HshlaR RejasigA o’zgartirishlar kiritish uchun ishlatiladi. Operativ epidemiologik tahlil REANing axborot manbasi sifatidaham qo’llaniladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling