O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Kasallikka qarshi kurash choralari
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Kasallikka qarshi kurash choralari
Bezgakka qarshi kurash 3-ta yo’nalishda olib boriladi: 1. Kasallik manbaiga ta’sir qilish, avval odamlar va parazit tashuvchilarni aniqlash va davolash. 2. Chivinlarga qarshi kurashish, chivinlarning tuxumlarini, lichinkalarini yo’qotish. 3. Aholining chivindan saqlanishini ta’minlash, mexanik, kimyoviy moddalardan foydalanish, aholi yashash punktlarini to’g’ri tashkil etish. Belgilarini va parazit tashuvchilarni erta aniqlash va davolash profilaktikaning asosi hisoblanadi. Bezgak kasalligini aniqlash uchun harorati ko’tarilgan, talog’i kattalashgan, anemiyasi bo’lgan har bir kasalning qoni tekshiriladi. Bunday tekshiruvlar asosan mart-oktyabr oylarida qilinadi. Gemotransfuziyadan so’ng harorati ko’tarilgan bemorlarni tekshirish faslga bog’liq bo’lmagan holda olib boriladi. Har bir kasal aniqlanganda DSENM ga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. Kasallik aniqlangan joyda epidemiologik tekshirish vaqtida bu kasallik mahalliy yoki boshqa joydan keltirilganligi aniqlanadi. O’choqda profilaktika ishlari olib boriladi. Bir vaqtning o’zida kasallik aniqlangan oila a’zolarining hammasi tekshiruvdan o’tkazilishi kerak. Agar mahalliy bezgak hodisalari kuzatilsa, shubhali bemorlar 1 oyda 2 marta laboratoriya tekshiruvidan o’tkaziladi. Bezgakka to’g’ri diagnoz qo’yish katta ahamiyatga ega. Taxminiy diagnoz kasallikning klinik ko’rinishi va epidemiologik anamneziga asoslanib qo’yiladi. Hal qiluvchi diagnoz qonda plazmodiylarni aniqlanishiga asoslanadi. Bezgakni davolashda quyidagi dori moddalaridan foydalaniladi: xloraxin, xinin, akrixin, xloridin, bigumal, xinotsid, primaxin. Xloraxin, xinin, akrixin shizotrop ta’sir qiladi. Plazmodiumlarni parchalaydi va harorat ko’tarilishi xurujini to’xtatadi. Hozirgi vaqtda ko’proq xloraxin ishlatiladi. Ko’pgina davlatlarda bigumal va xloridinga qo’zg’atuvchining chidamliligi aniqlandi. Tropik bezgakda shizotrop dori moddalarini qo’llash og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun radikal davolash usuli qo’llaniladi. Bunga xloraxin, xinin, akrixininlarga xinatsid yoki primaxin qo’shimcha qilinadi. Bezgak o’chog’iga boruvchilar doimiy ravishda xloraxin yoki boshqa dori moddalarini iste’mol qilib turishlari kerak. Kimyoviy profilaktikani epidemik o’choqqa jo’nashdan 2-3 kun oldin boshlash kerak. Qaytib kelgandan so’ng esa 1 oy davom ettirish shart. Bu preparatlarni istemol qilib turish, kasallikning batamom oldini oladi, deyish noto’g’ri, kasallik yengil shaklda o’tishi mumkin. Masalan, bezgak kasalligi o’chog’ida kasallikni yuqtirgan shaxslarda 2-4 yildan so’ng kasallikning klinik belgilari namoyon bo’lganligi aniqlangan. Bezgak chivinlariga qarshi kurash quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi: 1. "Antropogen" suv manbalari hosil bo’lishining oldini olish. 2. Chivinlarni yo’qotish. 3. Lichinkalarni yo’qotish. Binolarda chivinlarni yo’qotish uchun insektisidlardan foydalaniladi. Bu moddalar devorlarga surkaladi, bu 4-6 oy davomida ta’sir ko’rsatadi. Insektisidlar yoppasiga, chegaralangan va mikroo’choqli qayta tozalashlarda ishlatiladi. Yoppasiga tozalash deganda aholi punktlarining barcha binolari ishlovdan o’tkaziladi (tozalash har kvartalda o’tkaziladi). Mikroo’choqli tozalash ishlari kasallik aniqlangan binoda o’tkaziladi. Lichinkalarni kukunsimon zaharlar bilan yo’qotiladi. Kichik ko’lmak suvlar yuza qavatiga kukun sepiladi. Yirik suv manbalariga esa samolyotda kukun sepiladi. Samolyotdan foydalanishda aholi yashash punkti bilan suv oralig’idagi masofa 8 km bo’lishi kerak. Chivinlardan saqlanish uchun ochiq eshik qismlariga repellentlar (chivinlarni haydovchi moddalar) surtiladi. Bezgakka qarshi kurashda aholi migratsiyasiga asosiy e’tiborni qaratish kerak. Bunga misol aholi migratsiyasi ko’p bo’lgan hududlarda bezgak ko’p uchrashi aniqlanganligidadir. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling