O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Gijjalar tuxumini anal teshigi atrofi qirmasi usuli yordamida aniqlash
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gijjalar tuxumlarini najasda boyitish (obogasheniya) usuli bilan aniqlash
Gijjalar tuxumini anal teshigi atrofi qirmasi usuli yordamida aniqlash
Bu usul gijjalar tuxumini anal teshigi atrofi qirmasida mikroskop yordamida topishga asoslangan. Uslub uchun kerak reaktivlar: 50% glitserin eritmasi, 1% kalsiy karbonat (Sa2SO3) eritmasi. Maxsus moslamalar: Yog’och (shtapelliklar) tayoqchalar bularni gugurt cho’pidan tayyorlash mumkin. Tajribani olib borish tartibi: qirma ertalab hojatxonaga borgunga qadar qilinadi. Qirma yog’och tayoqchalar yordamida qilinadi va tayoqchalar 50% glitserin hamda 1% kalsiy karbonat eritmasiga botirib olingan bo’lishi kerak. Tayoqchaga olingan material predmet oynachasining o’rtasiga tuShurilib uning ustiga glitserinning 50% eritmasidan bir tomchi tomiziladi va mikroskopning kichik kattalashtirish ob’ektivi yordamida qaraladi. Gijjalar tuxumlarini najasda boyitish (obogasheniya) usuli bilan aniqlash Najasni gijja tuxumlariga nisbatan solishtirma og’irligi baland bo’lgan flotatsion eritma suspenziyalanadi. Bunda gijja tuxumlari yuzaga qalqib suzib chiqadi va hosil bo’lgan parda mikroskopda tekshiriladi. Reaktivlar: Kalantaryan flotatsiya eritmasi (1kg natriy nitrat 1l suvda eritiladi) parda hosil bo’lguncha qaynatiladi va filtrlamasdan quruq shishalarga qo’yiladi. Maxsus jihozlar - o’lchamli stakan yoki og’zi keng shisha idish 10 ml hajmdagi shisha tayoqchalar. Aniqlash: Stakandagi yoki shisha idishdagi 5g najasga 100 ml flotatsiya eritmasi asta-sekin solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish tugatilgan zahoti yuzaga qalqib suzib chiqqan axlatning yirik bo’lakchalari shisha tayoqcha bilan olib tashlanadi tindirish uchun 20-30 daqiqa qo’yib qo’yiladi. Tuzli eritma yuzasiga predmet oynachasi ehtiyot qilib yopiladi. Agar aralashma va predmet oynachasi orasida bo’shliq qolayottan bo’lsa, aralashma predmet oynachasiga tegib turguncha tuzli eritma bilan to’ldiriladi. Shundan so’ng suyuqlik ustidagi parda oynaga ehtiyot qilib olinadi, pardali tomoni yuqoriga qilinib mikroskop ostiga qo’yiladi va predmet oynasiga yopishib qolgan pardani mikroskopda ko’rib chiqiladi. Mikroskop ostida ko’rayotganda preparat qurib qolmasligi uchun pardaga 2-3 tomchi 50% glitserin eritmasi tomizish mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan tuz bo’lmaganda osh tuzining to’yinmagan eritmasidan foydalanish ham mumkin. Fyulleborn bo’yicha eritma hosil qilish uchun 400 gr. osh tuzi 1 l suvda eritiladi, qaynaguncha qizdiriladi, doka qatlami yoki paxta orqali filtrlanadi va sovutiladi. To’g’ri tayyorlangan eritma, tuzning erimaydigan kristallaridan iborat ozgina cho’kmaga ega bo’lishi kerak. Fyulleborn usulida yuqori nisbiy og’irlikka ega bo’lgan gijjalar tuxumlari (askaridaning urug’lanmagan tuxumlari, trematoda va yirik sestodalarning tuxumlari) yuzaga suzib chiqmaydi, Shuning uchun suyuqlikning yuza qatlamini tekshirish bilan birgalikda cho’kmadan ham 2-4 preparat tayyorlab, tekshirish zarur. Bu maqsadda yuza parda olingandan keyin suspenziya asta-sekin to’kiladi, qolgan cho’kmadan esa pipetka yoki ilmoqli halqa yordamida 4-6 tomchi olinib predmet oynachasiga suriladi, qoplama oyna bilan yopiladi va mikroskop ostida ko’riladi. Preparat aniqroq ko’rinishi uchun glitserin tomchisini qo’shish mumkin. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling