1 – laboratoriya ishi. O‘tkazgichning qarshiligini o‘zgarmas tok ko‘prigi yordamida aniqlash
Download 60.15 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 laboratoriya O‘tkazgichning qarshiligini o‘zgarmas tok ko‘prigi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish uchun asos
- NAZARIY QISM Uitston ko‘prigi
1 – laboratoriya ishi. O‘TKAZGICHNING QARSHILIGINI O‘ZGARMAS TOK KO‘PRIGI YORDAMIDA ANIQLASHIshning maqsadi: o‘zgarmas tok qonunlarni o‘rganish va o‘tkazgichning qarshiligini Uitston ko‘prigi usuli yordamida aniqlash. Kerakli asboblar: reoxord, ”noma'lum“ qarshiliklar, qarshiliklar magazini, galvanometr, o‘zgarmas tok manbai. Ishni bajarish uchun asos 1. Nazariy qism va qurilmaning tuzilishi bo‘yicha qisqa, ishni bajarish tartibi va jadval to‘liq bo‘yica to‘liq konspekt. 2. Ishni bajarish tartibini bilish. Ishni himoya qilish uchun asos 1. Xalqaro birliklar sistemasi (XBS) da amalga oshirilgan hisob-kitob va rasmiylashtirilgan hisobot. 2. Sinov savollariga javob berish. NAZARIY QISM Uitston ko‘prigi – noma’lm qarshiliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan elektr qurilma. U reoxord, sezgir galvanometr G va ikkitata Ro (ma'lum) va Rx (noma'lum) qarshiliklardan tashkil topgan (2.1-rasm). Reoxord – chizg‘ich ustiga tortilgan bir jinsli sim bo‘lib, uning sirtida siljuvchi kontakt D ni harakatlantirish mumkin. Sxemani CD qismsiz olaylik. Kalit K ni ulaylik. U holda AB simdan tok oqib o‘ta boslaydi va sim bo‘yicha potensial miqdorining A dan (A nuqtada) B (B nuqtada) gacha bir tekis kamayishi kuzatiladi. Zanjirning ACB qismidan I1 tok oqib o‘tadi va bu qismda potensialning A dan C gacha (Rx qarshiligida) va C dan B gacha (Ro qarshiligida) tushishi ro‘y beradi. Demak, C nuqtadagi potensial ning qiymati A va B orasidagi qiymatga ega bo‘ladi. Shuning uchun simning AB qismda shunday D nuqtani topish mumkinki, uning potensiali D C nuqtaning potensiali C ning qiymatiga teng bo‘ladi, ya’ni DC. Agarda C va D nuqtalar orasiga G galvanometr ulansa, undan tok o‘tmaydi, chunki C–D0 bo‘ladi. Bunday holatda ko‘prik muvozanatda deyiladi. Endi muvozanatlik shartini keltirib chiqaramiz. Kirxgofning ikkinchi qoidasiga asosan ixtiyoriy berk konturning tarmoqlardagi kuchlanish tushishlarining yigindisi shu konturdagi EYK larining yigindisiga teng, ya’ni . (2.1) Bu qoidani zanjirning ACD va CDB konturlari uchun, ko‘prik muvozanatda bo‘lgan hol uchun yozamiz: I1Rx–I2RAD0 (2.2) I1Ro–I2RDB0 (2.3) (2.2) va (2.3) dan: (2.4) tenglamani hosil qilamiz. AD va DB qismlar qarshiliklari ularning uzunliklari l1 va l2 ga proporsional bo‘lgani uchun: RxRo (2.5) bo‘ladi. Galvanometrdan o‘tayotgan tok nolga teng bo‘lganda AB kontakt reoxordning o‘rtasiga yaqinrok (l1l2) tursa, o‘lchashdagi hatolik minimal bo‘ladi. Download 60.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling