O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet142/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Biogelmintozlar

1. Opistorxoz, klonarxoz, metagonimoz, kanafietoz, paraganimoz, difillabotrioz, fassiolyoz. Bu gelmintozlarga tekshirish baliq tutish bilan shug’ullanuvchi kolxoz va sovxoz ishchilari va ularning oilasi, baliqni qayta ishlash zavodi ishchilari va ularning oilalari, o’rmonchilik uchastkasi ishchilari o’rtasida har yili o’tkaziladi. Shifoxonadagi va ambulatoriyadagi bemorlarni esa klinik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi. Tekshiruv usullaridan Kato usuli ko’proq qo’llaniladi.


2. Exinokokkoz va alveokokkoz. Ovchilar va ularning oilalari, veterinariya ishchilari, itlar bilan Shug’ullanuvchilar, hayvonot bog’i ishchilari, qo’riqxona xodimlari, cho’ponlar tekshiriladi. Shifoxona va ambulatoriya bemorlari klinik va epidemiologik ko’rsatmalar bo’yicha, qolganlari esa 3-5 yilda I marta tekshiriladi. Tekshirish usullari: serologik, (RNGA) lateksagtlyutinatsiya reaksiyasi.
3. Teniarinxoz Tekshirish hayvonotchilik xo’jaliklarida ishlovchilar, ferma ishchilari va ularning oilalari, go’sht kombinati ishchilari, oshpazlar o’rtasida, yilda 1 marta o’tkaziladi. 1% va undan yuqori zararlanish bo’lgan aholi punktlarida har yili 20 %dan kam bo’lmagan odamni gijjaga tekshirish kerak. Shifoxona va ambulatoriya bemorlari esa klinik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi.
Tekshirish usullari:
a) aholidan so’rab bilish usuli, ya’ni gijjalar (proglottidlar) ajralayotganligini so’raladi. Kato usuli.
6) hayvonotchilik xo’jaliklari ishchilari, go’sht kombinati, oshpazlarni so’rash va anal teshigi atrofidan qirma olib tekshirish va Kato bo’yicha tekshirish.
4.Tenioz. Tekshirish cho’chqachilik xo’jaligi ishchilari va ularning oilalari, umumiy ovqatlanish korxonalari ishchilari o’rtasida yilda 1 marta o’tkaziladi. Epidemik o’choqda yashovchilar epidemik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi (tenioz topilgan o’choq).
Shifoxona va ambulatoriya bemorlari klinik ko’rsatma bo’yicha, ya’ni ularda dispeptik holatlar, parazit bo’laklarining ajralishi, miya o’smasi, ensefalit, epilepsiya, demensiya kabilar kelib chiqqanda tekshiriladi.
Tekshirish usullari: Perianal qirma usuli, so’rab bilish, Kato usuli, erkak paporotniklar diagnostik degelmintizatsiya usullari (klinik ko’rsatma bo’yicha).
Bundan tashqari RNGA usuli ham qo’llaniladi.
5. Trixinellyoz. Tekshirish epidemik va klinik ko’rsatma bo’yicha bemorlarni va trixinella bilan zararlangan cho’chqa, ayiq go’shti yeb qo’ygan odamlar ichida o’tkaziladi.
Tekshirish usullari: Serologik RNGA BI EM antigeni bilan, klinik ko’rsatma bilan mushaklar biopsiyasi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling