O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet140/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Axborot uchun ma’lumot

Gelmintozlar parazitar kasalliklarning eng katta guruhini tashkil etadi. Ular o’zining biologiyasi bilan viruslar, bakteriyalar va sodda jonivorlardan farq qiladi. Aholi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitining yaxshilanishi, parazitar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning yaxshi yo’lga qo’yilganligi bu kasallikning keskin kamayishiga olib keldi.


Sobiq Sovet Ittifoqida 1977-1987 yillar oralig’ida gelmintozlar 31,3%ga, Shu jumladan askaridozlar 51,4%ga, trixotsefalyoz 48,2%, geminolipidoz 8,2%ga kamaydi. O’zbekistonda 1965 yilgi ko’rsatgichlarga nisbatan askaridoz 5,3 marta, teniarinxoz 5 marta, geminolipidoz 2 marta, trixotsefalyoz 8 martaga kamaydi. Parazitar kasalliklarni kamaytirishda qo’lga kiritilgan yutuqlarga qaramay 1987 yilda Sobiq Sovet Ittifoqida 4,5mln. parazitar kasalliklar bilan murojaat qilgan bemorlar aniqlandi. Bu ko’rsatkich Shu yildagi virusli va bakteriyali kasalliklar ko’rsatkichidan 1,5 marta ko’p edi. Gelmintozlar O’rta Osiyo, Qozog’iston va Zakavkazeda ko’p uchraydi, biroq O’zbekistonda enterobioz ko’p tarqalgan, bu barcha gelmintozlarning 60%ni tashkil qiladi. Enterobiozdan keyin geminolipidoz turadi (35%).
Parazitar kasalliklar ustidan o’rnatilgan epidemiologik nazorat kasallik haqida axborot to’plash va xavfli omillar dinamikasini baholashni, yashash sharoitlarini, ma’lum hududdagi aholining kasallanishini o’rganishni, profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazish va ularni asoslashni o’z ichiga oladi.
Epidemiologik nazoratning asosiy maqsadi aholi o’rtasida parazitar kasalliklar vujudga kelishining oldini olishdan iborat.
Epidemiologik nazorat parazitar kasalliklarda ham boshqa kasalliklardagi singari 3-ta asosiy qismdan yoki bosqichdan iborat:
a) kasallanganlar haqidagi axborotlarni to’plash,
b) epidemik jarayonga diagnoz qo’yish,
v) boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish.
Axborot bilan ta’minlash, zarur axborotni to’plash, uni mutaxassislar orasida ratsional taqsimlash masalasini hal qiladi. Birlamchi axborot to’plash tuman DSENMda amalga oshiriladi.
Epidemik jarayonga diagnoz qo’yish (retrospektiv va operativ epidemiologik tahlil).

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling