O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet138/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Profilaktikasi. Infeksiya manbai, yuqish yo’llari ko’pligi xilma-xilligi sababli Ku-isitma profilaktikasi murakkab va qiyin muammolardan hisoblanadi. U boshqa zoonoz infeksiyalardagidek veterinariya va tibbiy xizmatlar tomonidan ikki yo’nalishda kompleks tarzda o’tkazilishi joiz.
1. Inson uchun asosiy infeksiya manbai bo’lgan uy hayvonlari o’rtasida kasallanishni oldini olish.
2. Ishchilar o’rtasida kasallanishning oldini olish.
Qishloq xo’jaligi hayvonlarini kasallanishdan muhofazalash veterinariya-sanitariya xizmati zimmasida bo’ladi. Hayvonlarni kanalardan himoyalash maqsadida har 7-10 kunlarda akaritsidlar bilan ishlov berish zarur. Mollar orasida kasallik qayd etilganida epizootik o’choqni chegaralash va yo’qotish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
1. Kasallangan hayvonlarni alohida joyga qo’yish (karantin).
2. Hayvonlar ajratmalari, yo’ldosh, em-xashak qoldiqlarini zararlantirish (yoqish).
3. Binoni 3-5%li fenol yoki kreolin, 10-12%li xlorli ohak, 10% o’yuvchi natriy eritmalarida dezinfeksiya qilish.
4. Kasal mollarni go’sht uchun so’ydirmaslik.
5. Sut va sut mahsulotlarini 10 minut qaynatilganidan keyin foydalanish, chunki pasterizatsiya koksiellalarning to’liq halok bo’lishini ta’minlay ololmaydi.
6. Kasallangan hayvonlar juni, terisi, charmi tegishli veterinariya ma’lumotnomasi bilan 2 qavatli idishlarda transportirovka qilinadi va keyinchalik maxsus ishlov berilishi zarur.
Odamlarni Ku-isitmadan muhofazalash quyidagi tadbirlarni ko’zda tutadi:
1. Kasallangan hayvonlarni parvarishlash uchun kasallanib o’tganlar, emlanganlar yoki musbat reaksiya ko’rsatuvchi kishilar jalb etilishi zarur.
2. Chorvachilikda tegishli yumushlar maxsus korjomalarda amalga oshirilishi va ular keyin zararsizlantirilishi darkor.
3. Xavfli guruhga mansub shaxslar (epidemiologik ko’rsatma bo’yicha) emlanishlari zarur. Faol emlash uchun tirik M-44 vaksinasi teri ustiga qo’llaniladi. Revaksinatsiya manfiy reaksiyali kishilarga ikki yildan keyin o’tkaziladi. Emlanganlarga emlashdan keyin 3 hafta o’tgach chorvachilikda va chorva mahsulotlariga ishlov berishda ishlash uchun ruxsat etiladi. Emlashga 14 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan kishilar jalb etiladi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling