O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Dezinfeksiyaning kimyoviy usuli


Download 1.27 Mb.
bet46/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Dezinfeksiyaning kimyoviy usuli. Bu usul dezinfeksiya uchun har xil kimyoviy moddalarni qo’llashdan iborat. Turli xil dezinfeksiyalovchi moddalarni mikroblarga har xil yo’l bilan ta’sir qilish xususiyatiga ega. Dezinfeksiya uchun ishlatiladigan eng muhim kimyoviy vositalar: kislotalar, ishqorlar, sovunlar, fenol va uning unumlari, krezollar va uning unumlari, lizol, naftalizol, og’ir metallar va ularning turlari (simob II xlorid-sulema), xlor va xlor saqlovchi preparatlar, quruq xlorli ohak, xloraminlar va boshqalar.
Kimyoviy dezinfeksiyalovchi moddalarni qo’llash uchun zarur bo’lgan sharoitlar:
1. Kimyoviy dezinfeksiya uchun qo’llaniladigan vositalarni asosan suvda eritilgan yoki emulsiyalar, aralashmalar holda qo’llash lozim.
2. Dezinfeksiya uchun ishlatiladigan moddalarning zarur konsentratsiyalariga rioya qilish.
3. Dezinfeksiya qilinadigan vositalar va zararsizlantiriladigan buyumlar orasida yetarlicha muloqot vaqt bo’lishini taminlash.
4. Dezinfeksiya qiladigan moddalarning ta’sir qilish muddatlariga rioya qilish (ekspozitsiya).
Dezinfeksiyaning kimyoviy usulini qo’llashninig eng muhim sharti dezinfeksiya qiladigan vosita bilan patogen mikroblar o’rtasidagi zarur muloqotni ta’minlash hisoblanadi.
Shu maqsadda har qanday dezinfeksiya usulida (sepish, bo’ktirish va boshqalar) dezinfeksiya qiladigan suyuqliklar yoki gazsimon moddalarni yetarlicha miqdorda sarflash zarur.
Dezinfeksiyaning biologik usuli. Infeksiya qo’zg’atuvchilarini biologik vositalar bilan yo’qotishning o’ziga xos vazifasi bor. Bunday usul o’choqli dezinfeksiyada ishlatilmaydi.
Biologik usulga suvlarni tuproq va shag’al-toshlar orqali sizdirilib, o’tkazilishi natijasida tozalash yoki go’ng va chiqindilarni yerga ko’mib tuproqda chiritish natijasida mikroblarni o’ldirish kabilar misol bo’ladi.
Dezinfeksiya kameralari, ularning tiplari va qo’llash qoidalari. Ip gazlama, jun, movut, charm va mo’ynali kiyimlarni, to’shak, yostiq, hayvon mahsulotlarining ba’zi turlari (teri, jun, ot qili, to’ngiz qili va boshqalarni, eski-latta va boshqalarni), kitoblarni zararsizlantirishda kamera usullarini qo’llash maqsadga muvofiqdir, buning uchun maxsus qurilmalar va turli xil dezinfeksiya kameralari mavjuddir.
Boshqa usullarga nisbatan kamera usullarining katta afzalligi bor, chunki mikroblarning vegetativ va spora hosil qiluvchi turlari bilan zararlanganda yuqorida ko’rsatib o’tilgan buyumlarni ishonchli ravishda zararsizlantirib ularni dezinfeksiya qiladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling