O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


DEZINFEKSIYA ISHINI TASHKIL ETISH


Download 1.27 Mb.
bet49/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

DEZINFEKSIYA ISHINI TASHKIL ETISH.
MARKAZLASHGAN STERILIZATSIYA BO’LIMLARINING
FAOLIYATI BILAN TANISHISH

1. Mashg’ulotning maqsadi: Dezinfeksiya xizmatining tashkiliy tuzilishini o’rganish, markazlashgan sterilizatsiya bo’limlari ishini tashkillashtirishni va ularning faoliyatini o’rganish.


2. Mashg’ulotga ajratilgan vaqt: 5 soat.
3. Darsni o’tkazish tartibi:
3.1. So’z boshi, talabalarning ushbu mavzu bo’yicha bilim darajasini tekshirish.
3.2. Dezinfeksiya xizmatini boshqaruvchi idoralarni o’rganish.
3.3. Dezinfeksiya stansiyasi va tuman DSENMning dezinfeksiya bo’limi tuzilishi va vazifasini o’rganish.
3.4. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya chora-tadbirlarini rejalashtirishni o’rganish.
3.5. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya chora-tadbirlarining samaradorligi va sifatini aniqlashni o’rganish.
3.6. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limi, uning mohiyati va tuzilishini o’rganish.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan savollar:
4.1. Aholiga dezinfeksiya xizmati ko’rsatishni ta’minlash va bu tizimining epidemiyaga qarshi kurashish ishlaridagi ahamiyati.
4.2. Turli toifali (darajali) dezinfeksiya stansiyalari, vazifasi va tuzilishi.
4.3. Tuman DSENMning dezinfeksiya bo’limi, tuzilishi va uning vazifasi.
4.4. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya chora-tadbirlarini rejalashtirish.
4.5. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya chora-tadbirlari sifatiga baho berish va natijalarini tahlil qilish.
4.6. Sterilizatsiya. Bu haqda umumiy tushuncha. Buyumlarga sterilizatsiyadan oldingi ishlov (tozalash) berish.
4.7. Sterilizatsiya usullari: qaynatish, bug’, havo bosimi bilan, kimyoviy (gaz va suyuqliklar bilan) usullar yordamida sterilizatsiya qilish.
4.8. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limida sterillash va sterilizatsiyadan oldingi ishlov sifatini tekshirish. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limlari (MSB) va uni tashkil etish, tuzilishi va mohiyati. Davolash muassasalarida uchraydigan yuqumli kasalliklarning oldini olishda sterilizatsiyaning ahamiyati.
4.9. Turli yuqumli kasalliklar o’chog’ida epidemiyaga qarshi chora tadbirlar o’tkazayotganda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiyaning o’rni va ahamiyati.
4.10. Dezinfeksiya xizmatining tashkiliy tuzilishi.
5. Talabalar o’rganishi lozim bo’lgan amaliy malakalar:
5.1. Yuqumli kasalliklar o’choqlarida epidemiologik sharoitni hisobga olib dezinfeksiya, sterilizatsiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini asoslash.
5.2. Dezinfeksiya bo’limlari ish rejalarini tuzishni o’rganish.
6. Talabalarning mustaqil ishi.
6.1. Dezinfeksiya xizmatining tashkiliy tuzilishi haqida axborot ma’lumotlari bilan tanishish.
6.2. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya va sterilizatsiya o’tkazishda qo’llanadigan rasmiy hujjatlar va uslubiy ko’rsatmalarni amaliyotda qo’llay bilish.
6.3. Muammoli mavzuiy va funksional tarmoqli rejalar tuzish.
6.4. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limining ishi bilan tanishish.
6.5. Mavzuga taalluqli masalalarni yechish.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling