O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet57/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Anatoksinlar. Anatoksinlar - formalin yordamida patogen mikroorganizmlar toksinlarini zararsizlantirib olinadi, qayta ishlov berish natijasida ballast (qo’shimcha) moddalardan tozalanadi, bunda toksigenlik xususiyatlari yo’qotiladi, lekin uning antigenlik va immunogenlik xususiyatlari saqlab qolinadi.
Anatoksinlar toksikoinfeksiya kasalliklari - difteriya, qoqshol, botulizm kabi kasalliklarga qarshi profilaktik emlash uchun ishlatiladi. Organizmga yuborilgan anatoksinlar organizmda maxsus antitoksik antitelolarning aktiv ravishda hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Anatoksinlarning immunitet hosil qiluvchi ta’sirini oshirish va yuborilgan joyda antigenlar "deposini" hosil qilish uchun alyuminiy gidroksidiga shimdiriladi, buning natijasida anatoksinlarning asta-sekin so’rilishi va organizmda mustahkam, uzoq muddatli antitoksik immunitet hosil bo’lishi kuzatiladi.
Tozalangan anatoksinlar shisha idishchalarda rangsiz, tiniq va oq rangli cho’kmalari bor suyuqlik holida chiqariladi. Ishlatishdan oldin bu shisha idishchalar to antigenlar shimdirilgan alyuminiy gidroksidi tekis tarqalgunga qadar silkitiladi. Anatoksinlar quruq, qorong’u joyda yoki muzlatgichda 2°-10°S daraja haroratda saqlanishi kerak. Muzlashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Tibbiyot amaliyotida anatoksinlarning quyidagi turlari ishlatiladi: shimdirilgan (adsorbsiyalangan) difteriyaga qarshi anatoksin (AD); adsorbsiyalangan stafilokokka qarshi anatoksin; qoqsholga qarshi anatoksin (AS); ko’p hollarda tarkibiga difteriyaga va qoqsholga qarshi anatoksinlar kiruvchi assotsiatsiyalangan anatoksinlar ishlatiladi. Masalan: adsorbsiyalangan ko’kyo’tal-difteriya-qoqsholga qarshi vaksina (AKDS) va adsorbsiyalangan difteriya-qoqsholga qarshi anatoksin (ADS).
Immun zardoblar. Ba’zi bir yuqumli kasalliklarga qarshi shoshilinch emlash va ba’zilarini davolash uchun ishlatiladi. Bunday zardoblar asosan maxsus emlangan hayvonlarning (otlar) qon zardobidan (geterogen zardoblar) ishlov berish yo’li bilan va ma’lum kasalliklar bilan og’rib tuzalgan kishilar (donorlar) qonidan (gomologik zardoblar) tayyorlanadi.
Immun zardoblar tarkibida patogen mikroorganizmlarni o’ldiruvchi va ularning toksinlarini zararsizlantiruvchi antitelolar mavjud. Passiv immunitet immun zardoblarni vena tomiriga yuborilganda darhol hosil bo’ladi, muskul orasiga va teri ostiga yuborilganda esa 12-24 soatdan keyin hosil bo’ladi.
Geterogen zardoblarni qo’llashda ehtiyotkor bo’lish lozim. Avvalo organizm sezuvchanligi aniqlanib keyin organizmga kiritilsa maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki sezuvchan organizmga Shunday zardobni qayta yuborganda keskin umumiy reaksiyalar (zardob kasalligi, anafilaksiya, shok holati) bo’lishi mumkin. Organizm sezuvchanligini tekshirish uchun teri orasiga dori yuborib ko’riladi. Sezuvchanligi baland bo’lgan kishilarga faqat davolovchi vrach ishtirokida, maxsus sxema bo’yicha, davolash maqsadida yuboriladi.
Odamlar qonidan tayyorlangan immun zardoblar (gamma-globulinlar) noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi va organizmdagi immunitet 3-4 hafta davom etishi mumkin. Kichik shisha idishlarda rangsiz yoki biroz loyqasimon suyuqlik holatida chiqariladi. Saqlash jarayonida sarg’ish rangga kirib qolishi mumkin. Harorati 4-10°S bo’lgan sharoitda saqlanishi kerak, muzlashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Oddiy (normal) gammaglobulinlar donorlar, plasentar va abort qonlaridan - infeksiyadan so’nggi yoki emlashdan so’ng hosil bo’lgan immunitetlari bor kishilar qonidan tayyorlanib, qizamiqqa, poliomielitga, virusli gepatitga, meningokokka va boshqa infeksiyalarga qarshi shoshilinch emlashda ishlatiladi. Maxsus gammaglobulinlar u yoki bu yuqumli kasallikka qarshi maxsus emlangan kishilar (donorlar) qonidan tayyorlanadi. Masalan: kanali ensefalitga qarshi gammaglobulin, gripp, qoqshol, stafilokokkli infeksiyalarga qarshi gammaglobulinlar.
Bakteriofaglar. Bakteriofaglar - "bakteriyalarni yemiruvchilar", bakteriyalarni yemiruvchi juda mayda mikroorganizmlardir. Ularning ta’sir mexanizmi spesifikdir, ya’ni boshqacha qilib aytganda bakteriofaglar tanlab ta’sir qilishadi.
Bakteriofaglar suyuq holda va tugmachalar (tabletkalar) ko’rinishida chiqariladi. Bakteriofaglarni ichishdan oldin sodali suv ichirish lozim, chunki bakteriofag tirik mikroorganizm bo’lganligi sababli, oshqozon shirasi tarkibidagi xlorid kislota ta’sirida halok bo’lsa uning samarasi bo’lmaydi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling