Burun orqali (intranazal) emlash. Bu usul bilan grippga qarshi tirik vaksinani va odam leykotsitlarining interferonini gripp va boshqa virusli respirator kasalliklarning oldini oluvchi dorilarni yuborish mumkin. Bu xil emdorilar shisha idishchalarda quritilgan holda chiqariladi. Ishlatishdan oldin qaynatib uy haroratida sovutilgan suvda eritiladi. Interferon esa distillangan steril suv bilan eritiladi. Grippga qarshi tirik vaksina maxsus asbob yordamida burunga purkaladi, interferon esa ingalyatsiya yo’li bilan yoki burunga tomizish yo’li bilan yuboriladi.
MAVZU 8. BOLALAR POLIKLINIKASIDA EMLASH XONASINING MAQSADI VA UNING ISHINI TASHKIL ETISH
1. Mashg’ulotning maqsadi: Bolalar poliklinikasida emlash ishlari va ularni qanday o’tkazilishi bilan tanishish.
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: Amaliy mashg’ulot - 6 soat.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. Emlash ishlarini rejalashni o’rganish;
3.2. Profilaktik emlashni hisobga olish va hisobot berish hujjatlari bilan tanishish;
3.3. Emlashni o’tkazish bilan tanishish.
4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar:
4.1. Emlash o’tkaziladigan aholi sonini aniqlash.
4.2. Emlashni rejalash, emlash uchun sarflanadigan vaksinalar va boshqa materiallarni hisoblash.
4.3. Profilaktik emlash bo’yicha hisob va hisobot hujjatlari.
4.4. Emlash kartotekasini tuzish mazmuni.
4.5. Emlash dori-darmonlarini saqlash sharoitlari, dori-darmonlar bilan ta’minlashni tashkil qilish.
4.6. Emlash o’tkazishni tashkil qilish (emlash xonasini) asbob-uskunalarni, dori-darmonlarni, emlash o’tkazuvchi mutaxassislarni tayyorlash.
4.7. Emlashdan so’nggi bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlarni hisobga olish va baho berish. Bunday asoratlarni tekshirish tartibi.
5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
5.1. Profilaktik emlash rejasini tuzib chiqish.
5.2. Emlash uchun sarf bo’ladigan materiallar va ishtirok etadigan mutaxassislar sonini aniqlash.
5.3. Emlash o’tkazishni tashkil qilish.
5.4. Emlashdan so’nggi asoratlar va ularning oldini olish.
6. Mustaqil ish.
Do'stlaringiz bilan baham: |