Emlash usullari
Emlash uchun ishlatiladigan preparatlarni organizmga quyidagi usullar bilan yuborish mumkin: teri ustiga, teri orasiga, teri ostiga, muskullar orasiga, burun ichiga (intranazal), og’iz orqali.
Teri ostiga dori yuborish. Bu usul bilan emlash uchun jonsizlantirilgan vaksinalarning barcha turlarini va ba’zi bir xil tirik vaksinalarni yuborish mumkin. Teri ostiga vaksina yuborish uchun eng qulay joy qopqoqning pastki burchagidir, chunki bu yerda nerv tolalari va qon tomirlari eng siyrak joylashgan.
Bundan tashqari teri osti yog’ kletchatkasiga (to’qimasi) boy joylarga- qorin yon devorlariga, bilakning va sonning tashqi sathiga ham yuborish mumkin.
Teri orasiga yuborish. Bu usul juda kam miqdorda (0,1-0,2 ml) yuborish bilan emlanadigan hollarda qo’llaniladi. Masalan: silga qarshi BCJ vaksinasi, diagnostika-allergak reaksiyalar qo’yish uchun (tulyaremiya, brucellyoz, kuydirgi kasalliklarida).
Bu usul uchun eng qulay joy - bilakning ichki sathidir. Teri orasiga (ichiga) preparat to’g’ri yuborilganda igna kiritilgan joyda 5-8 mm li oqish shish hosil bo’ladi. Agar shish hosil bo’lmasa, demak dori noto’g’ri yuborilgan bo’ladi.
Muskul orasiga yuborish. Bu usul bilan organizmga AKDS vaksina, ADS-anatoksinlarni va zardoblarni yuborish mumkin. Emdori quymichning yuqorigi tashqi bo’lagidagi muskul orasiga yoki sonning tashqi tomonidagi muskul orasiga yuboriladi.
Teri ustiga emdori yuborish. Teri ustiga emdori yuborish usuli bilan tulyaremiya, qora oqsoq, Ku-isitmasi, kuydirgi, o’lat va chin chechakka qarshi tirik vaksinalar bilan emlash, Shuningdek, diagnostik-allergik reaksiyalarni qo’yish mumkin. Bu usul bilan jonsizlantirilgan vaksinalarni organizmga yuborib bo’lmaydi, chunki faqat tirik vaksinalar teridan teri osti to’qimalariga o’tib ko’payishlari mumkin. Bu usulda emdorini yelka terisi tashqi sohasiga yuboriladi.
Og’iz orqali (peroral) emlash. Poliomielitga qarshi tirik vaksinani va bakteriofaglarni og’iz orqali yuborish mumkin. Bu usulda yuboriladigan emdorilar suyuq holda yoki quritilgan (tugmachalar, konfetlar) holda chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |