O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU 7. PROFILAKTIK EMLASH. PROFILAKTIK EMLASHNI O’TKAZISH UCHUN QO’LLANILADIGAN PREPARATLAR, ULARNI QO’LLASH USULLARI
Holatiy masalalar
Talaba quyidagi masalani yechishi lozim. Masalani yozma ravishdagi yechimini baholash uchun o’qituvchiga topshirilishi kerak. Masala №1. Tumanlarga bo’lingan shahardagi tuman DSENMlari dezinfeksiya bo’limi shahar dezinfeksiya stansiyasiga aylantirilmoqda. 1) Tuman DSENMlari dezinfeksiya bo’limlarining shahar dezinfeksiya stansiyasiga aylantirilishini afzalligani isbotlang. 2) Dezinfeksiya stansiyasini jihozlash uchun qanaqa turdagi dezinfeksiya kameralari bilan ta’min etish kerak (uning afzalliklarini sanab bering). MAVZU 7. PROFILAKTIK EMLASH. PROFILAKTIK EMLASHNI O’TKAZISH UCHUN QO’LLANILADIGAN PREPARATLAR, ULARNI QO’LLASH USULLARI 1. Mashg’ulotning maqsadi: Aktiv va passiv emlash uchun ishlatiladigan dorilar bilan, ularni saqlash sharoitlari va ishlatishga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash qoidalari bilan tanishish. Emlashni kimlarga va qaysi paytlarda o’tkazishni o’rganish. 2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: Amaliy mashg’ulot - 8 soat, Mustaqil ish - 2 soat. 3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 3.1. Aktiv va passiv emlash qoidalarini, emlash uchun ishlatiladigan preparatlarning turlarini va emlashni kimlarga o’tkazish kerak ekanligini o’rganish; 3.2. Emlashga doir bo’lgan ko’rsatma va qo’llanmalarni o’rganish; 3.3. Bolalarni profilaktik emlash jadvalini (SanPiN 0132-02), emlash uchun ishlatiladigan preparatlarning tavsifnomasi mujassamlashgan jadvalni ish daftariga yozib olish. 4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar: 4.1. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari tizimida immunoprofilaktikaning tutgan o’rni. Emlash yo’li bilan boshqariladigan yuqumli kasalliklar. 4.2. Aktiv va passiv emlash uchun ishlatiladigan preparatlar va ularni kimlarga nisbatan qo’llash turlari. 4.3. Immunitet, immunitet turlari. 4.4. Vaksinalarning turlari. 4.5. Tirik vaksinalar, ularning olinishi, odam organizmiga yuborish usullari. Vaksinal jarayonning kechishi. Immunitetning kuchlilik darajasi va davomiyligi. Tirik vaksinalarning boshqa vaksinalarga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari. 4.6. Jonsizlantirilgan vaksinalar, anatoksinlar, ularning olinishi va umumiy xossalari. Organizmga yuborish usullari. Shimdirilgan vaksinalarni oddiy vaksinalarga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari. 4.7. Kimyoviy vaksinalar. Ularning olinishi. Kimyoviy vaksinalarning afzalliklari, ularning hozirgi paytdaga qo’llanilish darajasi. 4.8. Immun zardoblar va immunoglobulinlar. Ularning olinishi. Umumiy xossalari. Gomologik zardoblar va immunoglobulinlarniig geterologik zardoblarga nisbatan afzalliklari. Passiv emlashning samaradorligi. 4.9. Bakteriofaglar. Ularning umumiy xossalari, qo’llanishga doir ko’rsatmalar. 4.10. Vaksinalarni organizmga yuborish usullari. Zamonaviy texnik asboblar. 5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar: 5.1. Retrospektiv epidemiologik tahlil asosida emlash chora-tadbirlarining hajmini aniqlay bilish va operativ epidemiologik tahlil natijalari asosida emlashni o’tkazishni ta’minlash. 5.2. Immunoprofilaktikani o’tkazish uchun kerakli preparatlarni, ularning yaroqliligini aniqlash. 5.3. Emlash uchun qo’llaniladigan texnika vositalari bilan ishlashni o’rganish. 6. Talabalarning mustaqil ishi: 6.1. Bakterial preparatlarning tashqi ko’rinishini o’rganish, idishlarini ko’rib chiqish va ishlatishga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash. 6.2. Emlashni o’tkazishga ko’rsatmalar va emlashga qarshi ko’rsatmalarni o’rganish. 6.3. Vaksinalar qo’llanilishining zarurligini o’rganish. Ish daftariga jadval tuzib, unga vaksinalarning tavsifini, emlash tartibini, organizmga yuborish usullarini, miqdorini, immunitetning davomiyligini va vaksinalarni saqlash sharoitlarini yozib chiqish. 6.4. Vaziyatga oid masalalarni yechish. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling