Farmakokinetika: Dori yuborish yo'llari, Metabolizmi va Ekskretsiyasi
Download 1.15 Mb.
|
Farmakokinetika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dori yuborish yollari, metabolizmi va ekskretsiyasi ozi nima
- Dori vositalari qanday yollar bilan organizmga yuboriladi
- Enteral
Farmakokinetika: Dori yuborish yo'llari, Metabolizmi va Ekskretsiyasi Malik AbdullohMarch 18, 2022 Bu maqolani yakunlaganingizdan so'ng siz quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lasiz: Dorilarning organizmga yuborish yo'llarini va birinchi o'tish effektining oral qabul qilingan dorilar metabolizmidagi o'rni; Dori metobolizmi va jigardagi dori modifikatsiyasi haqidagi tushuncha; Dori metabolizmiga ta'sir qiluvchi faktorlar jumladan, CYP induser va ingibitor va substratlari haqida tushuncha; Buyrak va jigarda amalga oshiriluvchi dori ekskretsiyasi haqida tushuncha. Dori yuborish yo'llari, metabolizmi va ekskretsiyasi o'zi nima? Dori adminstratsiyasi, uning transporti, metabolizmi va ekskretsiyasi bu - dorilar organizmga tushgandan to organizmdan chiqib ketgunga qadar harakatlar ketma-ketligidir. Umuman olganda bu jarayonlar farmakokinetikani tashkil qiladi. Farmakokinetika dori qabul qilingandan keyin organizmda u qanday o'zgarishga uchrashini, ya'ni organizmning doriga ta'sirini o'rganadi (Rasm 1). Dastlab dori organizmga qanday qabul qilinishi va ularning absorbsiyasi qanday kechishini, ularning qay tarzda organizmda taqsimlanib keyin metabolizmi qanday bo'lishini va ularning organizmdan qanday chiqarilib yuborilishi haqidagi ma'lumotlarni ko'rib chiqamiz. Dori vositalari qanday yo'llar bilan organizmga yuboriladi? Bemorlarni dori vositalari bilan samarali davolashda biz dori vositalarining bioo'zlashtirilishini e'tiborga olgan holda organizmga kiritish yo'lini tanlashimiz zarur. Dorilar organizmga asosan ikki umumiy yo'l orqali kiritilinadi. Enteral (yunoncha "enteron" - ichak) va parenteral (ichakni chetlab) (Rasm 2). Enteral yo'lga oral, sublingual va rektal yo'llari mansub bo'lib, bu yo'nalishda qabul qilingan dorilar absorbsiyasida hazm trakti organlari qatnashadi. Parenteral dori yuborish yo'li esa o'z nomi bilan ko'rinib turibdi, ichaklarni chetlab o'tkan holatda yuborilish yo'llari, asosiy parenteral dori yuborish yo'llari: vena ichiga (v/i), mushak orasiga (m/o), teri ostiga va teri orasiga dori yuborish hisoblanadi. Topikal, okulyar, otik, nasal, ingalyatsion va vaginal kabi dori yuborish yo'llari ham parenteral yo'llardir. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling