Farmakokinetika: Dori yuborish yo'llari, Metabolizmi va Ekskretsiyasi


Jigarda kechuvchi dori metabolizmi fazalari


Download 1.15 Mb.
bet3/3
Sana08.11.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1754443
1   2   3
Bog'liq
Farmakokinetika

Jigarda kechuvchi dori metabolizmi fazalari
Enzimatik reaksiya turiga qarab jigarda 2 fazada metabolitik reaksiyalar kechadi.
I faza Modifikatsiya.  Bu turdagi biotransformatsiya uch biokimyoviy reaksiyalar tomonidan amalga oshiriladi oksidlanish, qaytarilish va gidroliz. I faza reaksiyalari Sitoxrom P450 (CYP450) proteinlari tomonidan amalga oshirilib, bu proteinlari asosan lipofil (yog'da eruvchi) modda komponentlarini oksidlash orqali ularning fiziologik aktivligini to'xtatadi yoki o'zgartiradi(jigar mana shu mexanizm orqali dorilarni detoksifikatsiya qiladi). CYP450 proteinlari yana endogen substansiyalar hisoblanuvchi xolesterol, o't kislotalari, Vitamin D va steroid gormonlar hosil bo'lish reaksiyalarida katalizator sifatida o'rin tutadi.(Video 1)

Metabolizmda qatnashuvchi asosiy CYP450 proteinlari

II faza Konyugatsiya. Bu turdagi biotronsformatsiya o'z ichiga dori moddasiga funksional guruh metil, atsetil, glukuron, sulfat biriktirish bilan amalga oshirilib, asosan bu reaksiyalar jigarda joylashgan transferaza fermentlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu reaksiyalar natijasida ikki turdagi inaktiv metabolit hosil bo'ladi: gidrofil bo'lgan va buyraklar orqali ekskretsiyalanuvchi qutbli molekulalar va lipofil bo'lgan kall bilan ekskretsiyalanuvchi qutbsiz molekulalar. Ayrim dori moddalarda II faza reaksiyalari amalga oshishi uchun bu moddalar I fazada modifikatsiyaga uchragan bo'lishi zarur.
Keling, bu fazalarni batafsil, hammamiz bilgan isitma tushuruvchi modda, paratsetamol misolida ko'rib chiqamiz. Aslida paratsetamolning organizmdagi asosiy qismi II faza sulfanillanish va glukuronlanish reaksiyalari orqali deaktivatsiya va siydik orqali ekskretsiya qilinadi, lekin oz miqdorda paratsetamol I faza fermenti CYP2E1 tomonidan modifikatsiyaga uchrab uning toksik metoboliti N-atsetil-p-benzoquinone imine (NAPQI) ni hosil qilib turadi.(Rasm 4).


Normada organizmda, jigarda hosil bo'lgan toksik metabolitlarni inaktivatsiya qiluvchi antioksidant glutation oqsili mavjud. Agar bemor ko'p miqdorda paratsetamol qabul qilsa ajralib chiqqan NAPQIni zararsizlantirishga bu oqsillar kamlik qilib qoladi va buning natijasida asetominofen moddasining jigarga toksik effekti yuzaga keladi. Bu esa o'tkir jigar yetishmovchiligi og'ir hollarda bemorning o'limiga ham sabab bo'ladi.
Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling