O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Shigellyozlarda epidemiologik nazoratni tashkil etish


Download 1.27 Mb.
bet92/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Shigellyozlarda epidemiologik nazoratni tashkil etish

Epidemiologik nazorat shigellyozlarda ham boshqa kasalliklardagi singari 3 ta asosiy qismdan yoki bosqichdan iborat:


a) Epidemik jarayon va kasallanganlar haqidagi axborotlarni to’plash.
b) epidemik jarayonga diagnoz qo’yish.
v) boshqaruv ishlarini amalga oshirish.
Epidemik jarayon va kasallanganlar haqidagi axborotlar quyidagilarni bajarishni taqozo etadi:
1. Aholi o’rtasida (bolalar va katta yoshdagi kishilar orasida alohida) shigella tashuvchilikni va doimiy ravishda kasallanish darajasini aniqlab turish lozim.
2. Shigellalar atrof - muhitda oziq-ovqat mahsulotlarida, suvda va boshqa ob’ektlarda tarqalganligi ma’lumotlarini to’plash.
3. Bemorlardan ajratib olingan shigellalarning turlarini aniqlab, antigenlik strukturasi va biokimyoviy xossalarini, ya’ni mannit parchalash va parchalamasligini yoki laktoza parchalash qobiliyatini hamda antibiotiklarga chidamliligini aniqlash lozim.
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarni uzluksiz va doimiy ravishda to’plash uchun epidemiologlar boshqa tibbiyot xodimlari bilan o’zaro hamkorlikda ishlashlari kerak.
Epidemik jarayonga diagnoz qo’yish uchun quyidagilarni bajarish tavsiya etiladi: shigellyoz kasalliklarida epidemik o’choqlarni, unda kasallikning kelib chiqish sabablarini sinchiklab tekshirish kerak. Kasallikni shigellaning qaysi turi chaqirganligiga qarab qaysi omil bu jarayonni rivojlanishida muhim rol o’ynashini aniqlash mumkin.


Operativ (tezkorlik bilan o’tkaziladigan) epidemiologik tahlil

Bu tahlil kasallikni tarqalishiga ta’sir etuvchi omillarni va ularga ta’sir etish davrining qachon boshlanganligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Buning uchun har kuni haftalik uchragan kasallik-lar darajasini kasallanganlar yoshi, kasbi va bu kasallikning kelib chiqishini, kasallik tarqalgan hududlarni kuzatib boriladi. Bunda faqat shigellalar bilan kasallanish darajasi ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari iste’mol qilinadigan oziq-ovqat, suv, sut, qatiq mahsulotlarining sifati, umumiy ovqatlanish korxonalarining sanitariya ahvoli haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, ularni laboratoriya tekshiruv usullaridan o’tkazib turish.





Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling