Мавзу: Оқсил биосинтези


Download 136.5 Kb.
bet1/8
Sana18.01.2023
Hajmi136.5 Kb.
#1098719
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 Оксилларнинг физик кимёвий хусусиятлари


MAVZU: OQSILLAR FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI
Oqsillarda o’tkaziladigan barcha sifat reakstiyalari yoki miqdoriy o’chovlar, ularning tarkibidagi u yoki bu funkstional guruxlarni aniqlashga yoki fizik-kimyoviy xossalariga asoslangan. Organizmda oqsil etishmasligi, oqsil almashinuvining buzilishi oqibatida turli asoratlar yuzaga keladi. Demak, kasalliklarning kelib chiqish sabablarini, ularda kuzatiladigan biokimyoviy o’zgarishlarni aniqlash uchun oqsillarning tuzilishini, xossalarini, vazifalarini o’rganish uchun olingan bilimlar kelajakda amaliy ish faoliyati uchun zarur.
4.0 Fanlararo va fan ichidagi bog`liqlik
Oqsillar fizik-kimyoviy xususiyatlarini bilish organizmda boradigan biokimyoviy jarayonlarda oqsillar almashinuvini chuqur o’rganishga xamda normal va patologik fiziologiya, terapiya, farmakologiya, yuqumli kasalliklar bo’yicha bilimlar bilan bog`liq.
Oqsillar molekulasining shakli va ulchami.
Oksil molekulalarining shakli ultrastentrifugallash, rentgenstruktura analizi asosida yoki elektron mikroskopda aniklanadi. Tekshirishlar shuni kursatdiki oksil molekulalari xar uch ulchami buyicha assimetrik moddalardir.
Ayrim oksillar molekulasi globulyar (sharsimon) shaklida, kupchiligi esa fibrillyar (ipsimon) xolda buladi. Masalan: elastin oksil molekulasiningdiametri 70 nm bulib oval shaklda, gemoglobin oksilini diametri 220 nm bulib ozgina chuzinchok shaklda, miozin molekulasini diametri 100 nm bulib uzunligi ming angstremga teng. Shunday kilib, miozin oksili tolasimon buladi.
Globulyar va fibrillyar oksillar.
Tabiiy oksillar molekulyar shakliga karab 2 guruxga bulinadi: globulyar va fibrilyar. Fibrilyar oksillarining molekulasi ipsimon bulib uzunligi diametriga nisbatan 100 marta kuprokdir.
Globulyar oksil molekulasi sferik shaklga ega bulib uning uzunligi diametriga karaganda 3-10 marta oshikdir.
Fibrillyar oksillarining xossasi xar xil buladi. Ayrimlari suvda va tuz eritmalarida eriydi. Kupchiligi suvda erimaydi. Fibrillyar oksillarga - miozin, ipak, fibrinogen, kollagen va elastinlar kiradi. Globulyar oksillar shakliga karab sharsimon, ellips shaklda buladilar.

Download 136.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling