О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-rasm. Chekmaydigan (chapda) va chekuvchi (o‘ngda) odam o'pkasi. ^ 79


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

50-rasm. Chekmaydigan (chapda) va chekuvchi (o‘ngda) odam o'pkasi.
^ 79


Chekishning nafas olish organlariga ta’siri. 
Tamaki tutuni tarkibida nikotin
is gazi, sinil, sionid kislota, benzopiren, qurum kabi organizm uchun juda zararli 
uch mingdan ortiq zaharli moddalar bor. Chekishda bu moddalar og‘iz bo‘shlig‘i, 
nafas yo‘llari va o‘pka alveolalari shilliq pardasiga o‘tib, ularni yallig‘lantiradi 
(50-rasm). Natijada shilliq parda himoya funksiyasi pasayadi, o‘pka alveolalari va 
qon tomirlari elastikligi kamayishi va o‘pkaning hajmi kichrayishi tufayli qonning 
harakatlanishi qiyinlashadi. Bimdan tashqari, tutun tarkibidagi is gazi gemoglobin 
bilan birikib, qonning kislorod tashishiga to‘sqinlik qiladi.
Tamaki tarkibidagi moddalar saraton kasalligini paydo qilishi aniqlangan. Jahon 
Sog'liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda hax yili Yer yuzi aholisidan 
2,5 millionga yaqini chekish tufayli hayotdan ko‘z yumadi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib W ring:
1. Aksirishda nerv impulslari o'tadigan organlarni tartib bilan yozing: A - nafas olish 
markazi, В - nafas chiqarish muskullari, D - retseptorlar, E - harakatlantiruvchi 
nervlar, F - sezuvchi nervlar, G - kuchli nafas chiqarish.
2. Sun’iy nafas olish tadbirlarini tartib bilan joylashtiring: A - issiq choy berilib
shifoxonaga jo'natHadi, D - og'zini ochib, orqasiga qo‘1 bilan uriladi, E - og‘zi 
yoki burni orqali havo puflanadi, F - uni oyoq soni ustiga qorni bilan yotqiziladi
G - orqasiga yotqiziladi, H - nafas yo‘llaridan suv chiqariladi, J - ko‘z qorachig‘i 
torayib, terisiga qizillik yugurishi uning o'ziga kelganini bildiradi.
Masalalarni yeching:
1. Odam har bir nafas olish harakatida 500 cm3 havoni o‘pkasidan o‘tkazadi. Nafas 
olingan havoda 21%, nafas chiqarilgan havoda 16 % kislorod boladi. Agar sinfda 40 
ta o‘quvchi bo‘lsa, bir soat dars davomida (40 minut) har bir o'quvchi 1 minutda 18 
martadan nafas olgan bo1 Is a, har bir o‘quvchi va sinfdagi barcha o‘quvchilar iste’mol 
qilgan kislorod hajmini hisoblab chiqing.
2. Bir litr havoda 210 cm3 kislorod bor. Odam 1 minutda 6 litr kislorod iste’mol qiladi.
8 soatlik ish kunida uning o'pkasi orqali qancha havo o'tadi?
0 ‘ylab javob bering:
1. Is gazi kislorodga nisbatan gemoglobinga 300 marta tezroq birikadi. Nima sababdan 
is gazi bilan zahadangan kishining boshi qattiq og‘riydi?


2. Puflash tez-tez va chuqur nafas olishdan iborat. Nima sababdan sharni puflab 
shishirish bilan mashg‘ul W igan odamda qisqa muddatli gandiraklash va bosh 
aylanishi, hatto hushdan ketish alomatlari paydo bo‘ladi?
3. Odatda, ko‘p chekadigan kishilar ko‘p yo‘talishini qanday tushuntirish mumkin?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling