О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Sekretsiya bezlari funksiyasining boshqarilishi
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
Sekretsiya bezlari funksiyasining boshqarilishi. Sekretsiya bezlari funksiyasi
nerv va gumoral omillarning o‘zaro ta’siri orqali boshqariladi. Misol tariqasida bosh miyaning bir qismi bo‘lgan gipotalamusni gipofiz bilan birgalikda boshqa bezlar ishiga ta’sirini koVsatish mumkin. Biron omil ta’sirida organizm ichki muhiti o'zgarib, stress holati (lotincha stress — zo ‘riqisK) yuzaga keladi, Stress sovuq, issiq, og‘riq, turli kasalliklar va hissiy omillar (qo‘rquv, hayajonlanish, xafa bo'lish) ta’sirida paydo bo'ladi. Bunday o‘zganshlar ta’sirida nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi o'zgaradi. Paydo bo‘ladigan nerv impulslari ta’sirida gipotalamus faollashib, uning sekretor hujayralari gormon ishlab chiqaradi. Gormonlar gipofizni faollashtiradi. Gipofiz gormonlari esa boshqa bezlarga ta’sir qilib, ularning funksiyasini kuchaytiradi yoki pasaytiradi. Shunday qilib, gipotalamus - gipofizar sistema barcha organlar funksiyasiga ta’sir qiladi, qon tarkibini o‘zgartiradi, yurak-qon tomir sistemasi ishini tezlash- tiradi, qon bosimini oshiradi, nafas olish organlari ishini kuchaytiradi va mod- 25 dalar almashinuvi, muskullarning qon bilan ta’minlanishi va tayanch-harakat sistemasi ishini tezlashtiradi. Bu o'zgarishlar stressning organizmga ta’sirini kamaytiradi. Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib W ring: 1. Bezlar va ular o'rnini juftlab yozing: A gipofiz, В - epifiz, D - ayrisimon, E - oshqozonosti, F - urug'don, G - tuxumdon, 1 - moyak, 2 - bosh miya asosi, o‘rta miya, 3 - qorin bo‘shlig‘i, 4 - bachadon orqasi, kichik chanoq bo‘shlig‘i, 5 - bosh miya ostki yuzasi, 6 - to‘sh suyagi orqa yuzasi. 2. Bezlar va ular ishlab chiqaradigan gormonlami juftlab yozing: A - gipofiz, В - epifiz, D - ayrisimon, E - oshqozonosti, F - urug'don, G - tuxumdon; 1 - estrogen, 2 - androgen, 3 - timozin, 4 - insulin, 5 - melatonin, 6 - somatotrop. 3. Gormonlar va ular funksiyasini juftlab yozing: A - melatonin, В - somatotrop, D - timozin, E - insulin, F - androgen, G - estrogen, H - paratgormon, J - tireotrop, I gonadotrop; 1 ikkilamchi ayollik jinsiy belgilami rivojlamshi, 2 jinsiy bezlar funksiyasini pasaytiradi, 3 - jinsiy bezlar ishini boshqarish, 4 - qalqonsimon bez ishini boshqarish, 5 - qonda qand miqdorini kamaytiradi, 6 - pigment almashinuviga, 7 - qonda kalsiy va fosfor almashinuvi, 8 - ikkilamchi erkaklik jinsiy belgilarini rivqjlanishi, 9 - bo'yning o'sishi. 4. Sekretsiya bezlari funksiyasini gipotalamus-gipofizar sistema orqali boshqarilishini tartib bilan yozing: A - gipofiz faollashib, gormonlar ishlab chiqara boshlaydi, В - nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi o'zgaradi, D - omil ta’sirida organizm ichki muhiti o‘zgaradi, E barcha bezlar ishi kuchayadi yoki pasayadi, F nerv impulslari gipotalamusga uzatiladi, G - gipofiz gormonlari boshqa bezlaiga ta’sir qiladi, H - gipotalamus faollashib, neyrogormon ishlab chiqara boshlaydi, J - neyrogormonlar gipofizga ta’sir qiladi. Ofylab javob bering: Odam kuchli hayajonlanganida rning yuragi tez-tez nra boshlaydi, nafas olishi tezlashib, yuzidan ter oqa boshlaydi. Bu jarayon organizmda sodir bo‘ladigan qaysi o‘zgarishlar bilan bogliq bo'ladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling